Hozirga qadar boşpanasini yöqotgan aholi soni aniq hisoblanmagan. Negaki, ayrim uylar toşqindan söng batamom yöq bölsa, boşqalari yaşaş şaroitiga ega emas. Joylarda toşqin oqibatlarini bartaraf etiş işlari jadal davom etyapti. Ammo paydo bölgan manzara dilni xira qiladi.

Maş'um voqeadan 12 kun ötib, Sardobadagi suv bosgan mahallalar oralab, jabr körgan aholini suhbatga tortdik.

Laziz Sanaqulov

«Yurtdoş» mahallasida istiqomat qilgan sardobalik Laziz Sanaqulov oila a'zolarini xavfsiz joyga köçirib, xarobaga aylangan uyini tartibga solmoqçi.

«Otam rahmatli şu yerdagi xöjaliklarda mehnat qilgan. Men ham şu yerda tuğilib, ulğaydim. Oliy ma'lumotliman, Toşkent davlat agrar universitetini tamomlab, öz yönalişim böyiça işladim. Ikki yildan beri bekorçi bölib qoldim, yerlarimizni klaster öziga oldi. U yerga meni işga qabul qilmadi.

Kasbga qayta tayyorlaş kurslari taşkil etilgandi, u yerda muallimlik qilişni boşlaganimda pandemiya tufayli işlar töxtadi. Uç farzandimning kattasi maktab öquvçisi, uyda teledarslarni qoldirmay tomoşa qilib, darslarni qilayotgandi. Heç kim kutmagandi bu voqeani. Heç narsa közga körinmay, bolalarni qölga olib, katta köçaga çiqdik», - deydi u.

Undan boşpanani qanday tiklaşi, daromad topişi va bu yilgi qişdan omon çiqiş uçun öylab qöygan rejalari haqida söradik.

«Tasavvurimga siğdirolmayman, bir nima deyiş ham qiyin. Kattaroq, tuşunadigan odam kelib, unday böladi yo bunday iş qilamiz, deya yönaltirsa ekan, mayli edi. Iş tartib bilan ketmayapti. Öylab öyimga yetolmayapman. Farzandlarimiz öqişi-çi? Bundan keyingi ahvol-çi?

Qizim har kuni qönğiroq qilib: dada, qaçon uyga ketamiz, deydi. Nega bizning uyimiz oldida suv ombor qurişgan, deb savol beradi. Xalq qiynaldi-da, nima bölsayam», - deya közdagi yoşni yaşirolmadi u.

Şu mahallada istiqomat qilgan Bobur esa toşqin tufayli öylab qöygan rejalari barbod bölganidan tuşkun kayfiyatda qolgan.

Bobur Xursandov