Rahmiddin Sobirjonov:

– Biz Rossiyaning Qozon şahridagi Qozon Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti magistrantimiz. Toşkent kimyo-texnologiya universitetini bitirib, u yerdan şartnoma asosida bu yerga magistratura yönalişini davom ettiriş maqsadida yuborilganmiz. Murojaat qilayotganlarning barçasi şu yönaliş – institutlararo şartnoma asosida kelgan.  

Tataristonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1700 nafardan oşgan bölsa, Qozon şahrining özida bugungi kunda 770 nafarni taşkil etmoqda. Bu raqam yanada ösişi ehtimoli juda katta, çunki köçada odamlar karantin va öz-özini izolyatsiyalaş qoidalariga amal qilayotgani yöq. Şuningdek, ertadan boşlab karantin qoidalari yumşatilişi töğrisida qaror çiqdi, istagan odam köçaga çiqişi mumkin. Bu esa pandemiya juda avj olib borayotgan paytda kasallikning yanada tarqalişiga sabab bölişi turgan gap.

Biz yotoqxonalar böyiça taqsimlanganmiz. Bu yerdagi 3-yotoqxonada özbekistonlik talabalar yaşaydi. Öşa yerda ham boşqa millat fuqarosida koronavirus aniqlangani uçun ayni paytda yotoqxona butunlay yopilgan.

Biz yaşayotgan talabalar yotoqxonasida ham juda köp millatlar yaşaydi. Ularning hammasi ham qoidalarga rioya qilmaydi, ya'ni köçaga çiqib yurgan, işlayotganlar bor. Ular bilan har kuni aloqada bölamiz. Çunki hamma narsamiz umumiy.

15 martdan boşlab öqişimiz onlayn şaklga ötkazilgan. Onlayn öqişni ham yakunlab, imtihonlarni topşirib böldik. Hozir faqat Özbekistonga charter reyslar qöyilişini kutmoqdamiz. Ahvolimiz juda ham yaxşi emas. Ota-onalarimiz ham bizga yordam bera olmaydi, ularning ham qölidan heç narsa kelmayapti, bizdan xavotirda. Moliyaviy tomondan oladigan bölsak, ilgari köpçilik keçki payt 1-2 soat bölsa ham işlab, kunini körardi. Hozir buning ham iloji qolmagan va ahvolimiz juda yomonlaşib qolgan.

Farhod Xalilov:

– Hozirgi kunga kelib imtihonlarimiz deyarli tamomlangan. Faqat kasbiy amaliyot va soha böyiça kurs işi bilan maşğulmiz. Bizga onlayn tarzda material jönatişadi, şu böyiça tayyorlanib, ularga onlayn tarzda jönatamiz. Yotoqxonadagi ahvolga keladigan bölsak, pandemiyaning boşlanğiç davrida Rossiyada öz-özini izolyatsiya qiliş rejimiga ötgandan keyin yotoqxonada yaşaydigan öz fuqarolariga xohişiga köra yotoqxonani tark etiş tavsiya etildi. Bu ham majburiy emas. Qozon şahridan 200-300 km uzoqlikda joylaşgan uylariga ketiş maslahat berildi. Bu yerda hozir faqatgina Markaziy Osiyo mintaqasi fuqarolari qolgan. Bundan taşqari, Amerika va Vetnam fuqarolari ham bor. Hozirgi kunda deyarli köçaga çiqmaymiz, faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari uçun yoki eng zarur işlar bilan çiqişimiz mumkin. Yotoqxonada boşqa millat vakillaridan işlayotganlar ham bor. Ulardan qançalik himoyalansak ham, qörquv bor. Çunki yotoqxonada bir kişida virus bölsa, hammaga tarqab ketadi. Oşxona, yuviniş xonalari va boşqa jihozlar barça talabalar uçun bitta.