Gulnora Karimovaning öğli Islom Karimov prezident Şavkat Mirziyoyevga yöllagan maktubida Özbekistondagi qator yirik mulklar onasi Gulnora Karimovaga tegişli bölgani, ammo bu boyliklar bugun talon-toroj qilinayotganini bildirdi.
VVS saytining özbekça talqinida e'lon qilingan röyxatda köriş mumkinki, u öz onasining mamlakat hududida köplab kompaniyalarga egalik qilgani yoki uluşga ega bölgani, şular qatorida «Korzinka» tarmoği aksiyalariga egalik qilgani haqida gapirgan.
Kun.uz suriştiruvining 1-qismida Gulnora Karimovaning «Koka kola», «Quvasoy sement» kabi yirik korxonalardagi faoliyatiga töxtalingan edi.
Bu safar esa maktubda da'vo qilingan «Korzinka» savdo markazlari tarmoğiga Gulnora Karimova qay darajada aloqadorligiga oydinlik kiritiladi.
Zafar Hoşimov: «Gulnora Karimova bilan heç qaçon şaxsan taniş bölmaganman»
Kiçik Islom Karimovning maktubida «Korzinka» tarmoği aksiyalari ham onasiga tegişli bölgani qayd etilgan. Bunday da'vo şu paytgaça biror joyda e'lon qilingani töğrisida ma'lumot yöq, şu tufayli «Korzinka» savdo markazlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov bilan ham bu masala yuzasida suhbat qildik.
– Gulnora Karimova bilan şaxsan tanişmisiz? Agar taniş bölsangiz qanday loyihalar böyiça hamkorlik qilgansiz?
– Men Gulnora Karimova bilan heç qaçon şaxsan taniş bölmaganman. U yoki u boşqargan tuzilmalar bilan na özim, na men yaratgan va boşqargan korxonalar loyiha va tadbirlarda hamkorlik qilgan.
Hatto u kişi tomonidan taşkil etilgan köpdan köp tadbirlarda qatnaşişdan özimni yiroq tutardim. Yana qaytarib aytaman, u inson meni tanimasligi, bilmasligidan doim juda xursand edim.
– Gulnora Karimovaning öğli, kiçik Islom Karimov Özbekistondagi bu oilaga tegişli köplab moddiy boyliklar noqonuniy özlaştirilayotganini bildirib maktub yölladi. U ta'kidlagan mulklar içida

















