Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya iyundan xorijlik turistlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda
Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturini ishlab chiqqan.
Foto: REUTERS/Umit Bektas
Turkiya iyun o‘rtalaridan xorijlik turistlarni qabul qilishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ma'lum qildi.
"Iyun o‘rtalaridan ma'lum bir mamlakatlarda xalqaro turizm tiklanadi deb o‘ylaymiz. Bular Xitoy, Janubiy Koreya va ushbu mintaqaning boshqa davlatlari bo‘ladi. Shu bilan birga, dunyoning ko‘plab nuqtalariga muntazam xalqaro parvozlar boshlanadi deb o‘ylayman", - dedi Ersoy NTV telekanali efirida.
U Turkiyada ichki turizm 28 maydan, Ramazon oyi tugaganidan so‘ng boshlanishini aytdi.
"Biz mehmonxonalarni yopmadik, aviatashuvchilar ishini to‘xtatgani va pandemiya bilan bog‘liq boshqa cheklovlar kiritilgani sababli ular yopilishga majbur bo‘ldi", - dedi Ersoy.
U Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturi ishlab chiqqanini qayd etdi.
"Bu dunyodagi ana shunday birinchi tajriba va bizdan keyin YeI mamlakatlari ham ana shunday ish olib borishga qaror qildi", - deb qo‘shib qo‘ydi Ersoy.
Avvalroq Mehmet Ersoy Turkiyada 1 iyundan boshlab xorijdan kelayotgan barcha chet elliklar va mamlakat fuqarolari aeroportlarda koronavirusga test topshirishi majburiy bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026