Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 3 yoshli bola traktor tirkamasi tagida qolib vafot etdi
YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 17 may kuni soat 09:10larda, Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, O‘qchi mahallasi ichki yo‘lida haydovchi, 1979 y.t. X.B. “TTZ-80” rusumli traktorni boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u Qumariq ko‘chasi, 89-uy yonida qarovsiz qoldirilgan, voyaga yetmagan piyoda, 2017 y.t. M.N.ni tirkamaning orqa chap baloni bilan bosib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. (o‘g‘il bola) voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini, ota-onalar va boshqa boquvchilar yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026