Isroilda ikki bosh vazirdan iborat yangi hukumat tasdiqlandi
Isroil hukumatini ikki nafar bosh vazir - Binyamin Netanyaxu va Beni Gans boshqaradi. Ular bir-birlari bilan o‘rin almashadi.
Isroilda rotatsion almashish hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi. Yangi hukumat bir vaqtda ikki nafar bosh vazir - Binyamin Netanyaxu va Beni Gansni o‘z ichiga oladi. Ikki siyosatchi ma'lum muddatdan keyin o‘zaro o‘rin almashadi.
Hukumatning yangi tarkibini bu safar Netanyaxu belgilagan. Gans uning o‘rnini egallagach, yangi vazirlar tayinlay oladi.
Hukumat almashishi 2021 yil 17 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Isroil hukumatida uzoq vaqtdan beri inqiroz davom etayotgandi. Uchinchi muddatdan oldingi saylovlarda Netanyaxu partiyasi “Likud” g‘alaba qozongan. G‘alaba biroz ustunlik bilan bo‘lgani sababli “Likud” va uning ittifoqdoshlari parlamentda ko‘pchilik o‘rin egallay olmagan. Shundan keyin Netanyaxu va “Kaxol-Lavan” partiyasi yetakchisi Beni Gans hukumatni tashkil etish borasida bir necha hafta kelisha olishmagan.
Shu tariqa barchasi to‘rtinchi muddatdan oldingi saylovlarga qarab ketayotgan bo‘lgan. Biroq aprel oxirida Netanyaxu va Gans milliy birdamlik hukumatini tashkil etishga kelishishgan.
Mavzuga oid
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024