Şunga asosan, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida mahalliy yönalişlarda temir yöl qatnovlarini yölga qöyişning vaqtinçalik tartibi tasdiqlandi. Unga köra, joriy yilning 18 may kunidan Toşkent şahridan Navoiy, Buxoro hamda Qarşi şaharlariga «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar hamda Farğona vodiysiga tezyurar yölovçi poyezdlar qatnovi (boriş va qaytiş) qayta yölga qöyildi.
«Özbekiston temir yöllari» xabariga köra, dastlabki «Afrosiyob» poyezdi bugun, soat 07:00da Toşkent-Markaziy temir yöl vokzalidan Toşkent – Buxoro – Toşkent yönalişi böyiça yölga çiqdi. Poyezdlar qatnovlarini taşkil etişda barça karantin qoidalariga amal qiliş, şu jumladan, yölovçilar sonini kamaytiriş, dezinfeksiya qiliş va boşqa sanitariya talablari sözsiz bajarilişi ta'minlanayotgani aytiladi.
Qayd etilişiça, poyezdlarga çiqişda yölovçilar sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan köp bölmagan va tahlil natijasi «manfiy» ekanligi haqidagi ma'lumotnomaga ega bölişlari kerak.

«Temir yöl vokzallari hududiga kirganda barça yölovçilarga bir martalik himoya niqoblari va qölqoplar berilmoqda hamda temir yöl vokzallarida ijtimoiy masofani saqlaşlari va yönaltiruvçi maxsus tasmalar böylab harakatlanişlari ta'minlanmoqda.
«Özbekiston temir yöllari» AJ tasarrufidagi Markaziy sanitariya epidemiologiya stansiyasi mutaxassislari tomonidan vokzalga kirayotgan har bir yölovçi qat'iy ravişda dezinfeksiya qilinib, teplovizorlarda harorati ölçanmoqda. Yölovçilar poyezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştirildi. Poyezdlarga elektron çiptalar onlayn tarzda sotilmoqda. Elektron çipta oliş imkoniyati bölmagan yölovçilar temir yöl vokzallari kassalaridan çipta olişlari mumkin böladi. Çipta olgan yölovçilar tomonidan yölovçilar sörovnomasi (marşrut varaği) töldiriladi.
Temir yöl vokzallarining yölovçilar bilan bevosita muloqotda böladigan barça xodimlari, davlat organlari hamda maxsus xizmat xodimlari kundalik faoliyati davomida bir martalik 8 soatli himoya niqobi va qölqoplar, şuningdek yuz va köz qismini himoyalovçi maxsus şaffof niqob, dezinfeksiya va antiseptik vositalar bilan ta'minlandi.
Barça xodimlarning kunlik iş faoliyatini boşlaşidan oldin tana harorati tekşirilmoqda. Şuningdek, har ikki haftada koronavirus infeksiyasiga test topşirib boriladi. Temir yöl vokzallarining birinçi ötkaziş punktlari dezinfektor/tonnellar bilan jihozlangan bölib, birinçi ötkaziş punktlarida temir yöl xodimlari tomonidan pirometr yordamida yölovçilarning tana harorati ölçanadi.


















