– Assalomu alaykum, janob Rozenblyum. Intervyuga vaqt ajratganingiz uçun minnatdorlik bildiramiz. Ayni damdagi karantin holati elçixona faoliyatiga qanday ta'sir körsatdi?

– Avvalambor, intervyuga taklif etganingiz uçun rahmat. Siz va sizning auditoriyangiz bilan suhbat quriş doimo maroqli.

Karantin bizning elçixona faoliyatiga qanday ta'sir qilgani haqidagi savolga javob berişdan avval Özbekiston fuqarolari, ayniqsa, Sirdaryo va Jizzaxda suv toşqinidan aziyat çekkan insonlarga öz hamdardligimni bildiraman. Odamlar öz uylari, mol-mulklarini yöqotganlarini köriş juda ham qayğuli. Aminmanki, butun mamlakat aholisi jabrlanganlarga yordam beriş haqida öylamoqda. Odamlar tinimsiz kiyim-keçaklar, oziq-ovqat va boşqa narsalarni töplab, Sirdaryo va Jizzaxga yuborişayotganiga guvoh böldim.

Kuni keça Sirdaryoga yuboriş uçun xayriya yiğilayotgan joyga – Toşkentdagi Yoşlar ittifoqi idorasiga bordim. Amerikaning nodavlat notijorat taşkiloti ham Sirdaryoda yordamga muhtoj bölgan oilalarga kerakli narsalar uçun moliyaviy kömak ajratiş maqsadida uşbu xayriyaga qöşildi. U yerga narsalarni yuk maşinasiga ortiş va jarayonni kuzatiş maqsadida bordim. Bunday holatni köriş juda ham qayğuli, biroq odamlarning bir-biriga yordam berayotganiga guvoh böliş ruhlantiradi.

AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Deniel Rozenblyum

Savolingizga kelsak, avvalo mening AQŞ elçisi sifatidagi asosiy burçim – elçixonamizda işlaydigan mahalliy va amerikalik xodimlar, şuningdek, Özbekistonda bölgan va yaşayotgan Amerika fuqarolarining xavfsizligi va salomatligini ta'minlaşdan iborat. Bular mening juda muhim bölgan asosiy vazifamdir. Şu bois biz pandemiya vaqtida salomatlik va xavfsizlikni qanday himoya qiliş haqida öyladik.

Birinçidan, xodimlarimizning köp qismi işga, ya'ni elçixonaga kelişmayapti. Ular mobil telefonlari, kompyuterlaridan foydalangan holda masofadan turib işlaşmoqda. Biroq ayrim insonlar iş faoliyatlari turi yoki imkoniyatlari tufayli masofadan turib işlay olişmaydi. Şunga qaramay, ular uyda qolişsa ham, kamroq iş qilişsa ham, öz maoşlarini vaqtida olişadi.

Biz barçani öz lavozimida uşlab qoliş imkoniga egamiz. Heç kim işini yöqotmaydi va xodimlar oylik maoşlarini olişda davom etişadi.

Umuman olganda, pandemiya elçixona faoliyatiga katta ta'sir körsatdi. Sababi, diplomatik harakatlar deyarli töxtab qoldi. Köp narsalar koronavirus tufayli çeklangani uçun odatdagidek diplomatik faoliyat va aloqalarni olib boriş juda qiyin.