Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Bangladeshda siklon sababli millionlab odamlar evakuatsiyasi boshlandi
Hindiston va Bangladeshda kuchli siklon yaqinlashayotgani sababli xavf ostida bo‘lgan hududlardan 2 mlndan ko‘proq odam evakuatsiya qilinishi boshlandi.
Bu haqda Hindiston OAV xabar berdi. Ayni vaqtda “Amfan” deb nomlangan ushbu siklon Bengal ko‘rfazida harakatlanib, undagi shamolning maksimal tezligi 265 km/soatni tashkil qilmoqda. Tsiklon Hindiston va Bangladeshga 20 may kuni yopirilishi kutilmoqda. U o‘zi bilan kuchli yomg‘irlar va 165 km/soatlik shamol olib kelishi aytilmoqda.
Mahalliy ob-havo mutaxassislari siklon 2007 yildan beri eng kuchlisi bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. O‘shanda “Sidr” sikloni 3 mingdan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.
Odamlar boshpanalarda joylashtirilmoqda, ulardan koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida niqoblar va qo‘lqoplar taqib yurish so‘ralgan.
Shuningdek, ikki davlatda vaziyat koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida kiritilgan cheklovlar sababli murakkablashgan.