Ingliz naşri – badlefthook.com sayti Özbekiston milliy jamoasi a'zosi, professional boksda ikki yönaliş çempioni Murodjon Ahmadaliyev haqida katta maqola tayyorladi. Mazkur maqola özbek tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.

Ikkita singan oyoq, boksning sirli usullari va Murodjon Ahmadaliyevning çempionlik yöli haqida
«Menga endi heç qaçon yura olmasligimni, endi boks tuşa olmasligimni aytişgandi», - deydi Murodjon Ahmadaliyev tarjimoni Alik Frolov orqali. «MJ» bolaligi, qiyinçiliklar haqida gapirayotganida uning ovozidan his-hayajon sezilib turardi.
Ötgan yilning aprel oyida DAZN va Matchroom Boxing bilan şartnoma imzolanganidan söng boksçining faoliyatida portlaş yuzaga keldi. Joel Dias qöl ostidagi 25 yoşli sportçi professional boksdagi sakkizta jangdayoq ikkita çempionlik kamarini qölga kiritdi. Janglarning söngida u yanvar oyida Daniyel Romanni mağlub etdi.
Uşbu muvaffaqiyatlar öz-özidan bölib qolgani yöq. Murodjon bungaça qattiq mehnat qildi. 9 yoşida u «uy bolasi» sifatida otasiga, oilasiga yordamlaşardi. Ota-ona, ikkita opasi bilan Özbekistonning Namangan viloyatida yaşaydigan Murodjnning maqsadlari yuqori edi.

«Bizda deyarli heç narsa yöq edi», - deydi Kaka. «Kaka» - uning laqabi. Murodjon yoşligida futbolni, jumladan braziliyalik pleymeykerning öyinlarini yaxşi körardi va uning futbolkasini kiyib yurardi.
«Yozda parkda işlaganman, kunlik maoş qariyb 2 dollarni taşkil etardi»
«Qölimdan kelgan barça işni qilişga tayyor edim. Vaqtida yozda parkda işlaganman. U yerga taşrif buyuruvçilar suratga tuşişardi. Mening işim kim suratga olsa, ularni tezda işlab, egalariga topşirişdan iborat edi. Parkda menga raqobatçilar ham bor edi, şuning uçun mendan bu işni qilişda tezkorlik talab etilardi.
Murodjon suratlarni tayyorlaş uçun uç mil (4 kilometrdan ortiqroq - izoh mual.) yugurardi, qaytişda yana şunça masofani bosib ötardi. Raqobatçilarda alternativ transport vositasi bölsada, u tezroq harakat qilardi.





















