Mayor Uluğbek Anvaroviç Xalimov Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Xalimov IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi Samarqand viloyati böyiça bölimi katta tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Uluğbek Xalimov

Narpay tumani içki işlar bölimiga 2017 yil avgustidan buyon podpolkovnik Tojiddin Eşnazarov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mayor Sirojiddin Sa'dullayeviç Ortiqov Samarqand viloyati Paxtaçi tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u viloyatning Iştixon tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirojiddin Ortiqov

2018 yil avgustidan podpolkovnik Botirali Sanaqulov Paxtaçi tumani IIB boşliği vazifasini bajaruvçi edi.

Öz navbatida Sirojiddin Ortiqov örniga Iştixon tumaniga podpolkvonik Suraç Sadredinoviç Şaripov yangi boşliq etib tayinlangan.

Suraç Şaripov

U bungaça Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi boşliğining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.