2020 yil 19 may kuni Qonunçilik palatasining yalpi majlisi bölib ötdi. Unda “Ovçilik va ov xöjaligi töğrisida”gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.

Qonun loyihasi 2019 yil 21 noyabr kuni quyi palata majlisida ikkinçi öqişda 26-moddagaça körib çiqilgan hamda loyihaning keyingi moddalariga oid ayrim savollar paydo bölgani uçun qömitaga qaytarilgan, ular ustida işlab söngra palata majlisiga qayta kiritiş taklif etilgan edi.

Majlisda işçi guruhi bilan deputatlar tomonidan kötarilgan masalalar örganib çiqilib, tegişli özgartişlar kiritilgani ta'kidlab ötildi. Qonun loyihasida alohida moddalar keltirilgan asosiy tuşunçalar tegişli moddalarning öziga singdirilgani sababli, modda ham, tuşunçalar ham loyihadan çiqarib taşlanmoqda. Şuningdek, yovvoyi hayvonlar sonini va ularning ovlanişini hisobga olişni bitta moddada berilişi munosabati bilan qonun loyihasidagi ayrim moddalar birlaştirildi.

Deputatlar tomonidan kötarilgan yana bir masala — ovçi Ovçilar va baliq ovçilari sport birlaşmasi a'zoligiga majburiyligi haqidagi norma loyihadan çiqarib taşlanganligi uşbu hujjatning ahamiyatli jihatlaridan biri. Bu me'yor yalpi majlisning avvalgi muhokamalarida qizğin körib çiqilgan hamda e'tirozlarga sabab bölgan edi. Şuningdek, tabiiy suv havzalarida baliqlarni umumiy foydalaniş tartibida ovlaş masalasida kötarilgan savol böyiça ham qonun loyihasiga tegişli özgartiş kiritilib, noaniqliklar bartaraf etilgan.

Qayd etilganidek, yovvoyi hayvonlarning sonini hamda ovlangan yovvoyi hayvonlarni hisobga oliş, şuningdek, ularning turlarini tartibga soliş aniqlaştirildi hamda yovvoyi hayvonlar örtasida yuqumli kasalliklar tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça normalar kiritildi.

Yovvoyi hayvonlarni tutişga doir kvota böyiça ariza beriş muddatlari va kim tomonidan berilişi belgilandi.

Xalqaro tajribani inobatga olgan holda halqasi, mikroçipi, yorliqçasi, tamğasi bölgan yovvoyi hayvonlar tutilganda ovçilik xöjaligining vakolatli şaxsiga yoki Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining hududiy organiga, ular tomonidan keyinçalik Fanlar akademiyasiga taqdim etiş uçun axborot tayyorlanişi aks etdi.

Majlisda qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuboriladigan böldi.