Ma'lumki, yildan yilga mamlakatimiz aholisi soni va unga mos ravişda avtomaşinalarning sanoği ham oşib bormoqda. Bu esa avtoturargohlar masalasini tezroq va tizimli tarzda hal etişni taqozo qilmoqda. Agar mazkur muammo bugun bartaraf etilmasa, ertaga çindan ham, igna taşlasak, yerga tuşmas hol yuzaga kelişi tayin.
Hozirdanoq poytaxtimizda ahvol şu darajaga keldiki, şaxsiy avtomobilda biror joyga borişni rejalaştirgan bölsangiz, rulga ötirar-ötirmas miyangizda bir savol çarx ura boşlaydi: «Işqilib, boradigan joyimda «stoyanka» bormikin?». Çunki bir-ikki marta azbaroyi yaqin-atrofda avtoturargoh yöqligi yoki bori ham töla bölgani, qolaversa, hammayoqqa töxtaş va töxtab turiş taqiqlanişi haqidagi belgilar qöyib taşlangani uçun maşinangizni yöl yoqasida qoldirişga majbur (!) bölgansiz. Bozorlar atrofini-ku umuman gapirmasa ham böladi.
Keyin... Keyini esa hammamizga yaxşi ma'lum: ne köz bilan köringki, lotereyangizga «yutuq» çiqqan böladi. Nima ham qilardingiz? Muzdekkina bölib otning kallasidek jarimani tölab kelasiz. Köpçilikka taniş manzara.
Axir, öşa pulga oilangizga bir nima kötarib borişingiz yoki bola-çaqangiz ehtiyojiga köra biror narsa olib berişingiz mumkin edi. Lekin peşona teri bilan topgan pulingiz havoga uçadi-ketadi. Tabiiyki, mana şunday vaziyatdan söng şaharda avtoturargohlar quriş haqida boş qotirmayotgan, eng yomoni, borini ham yöq qilayotgan mutasaddilarni esga olasiz.
Qiziq, biror jarima turini öylab topiş va amalga tatbiq etiş kerak bölsa, xorijliklarga ham dars berib qöyiladi. Ammo muammo yeçimini topişga kelganda hamma birdan öz xizmat vakolatiga nimalar kirişi-yu nimalar kirmasligi haqida eslab qoladi.
Hali hovuri qaytib ulgurmagan yangiliklardan birini olaylik. Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda endilikda xizmatda maxsus planşetlar qöllana boşlandi. Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati boşliği Qahramon Xudoyberganovning ma'lum qilişiça, endi yöl-patrul inspektori bilan haydovçining muloqotiga hojat bölmaydi. Ya'ni taqiqlangan joyda qoldirilgan avtotransport vositasi planşetda suratga olinadi va avtomobil raqami maxsus bazaga kiritiladi. Baza esa onlayn tarzda işlagani uçun haydovçining yaşaş manziliga «suyunçi xati» jönatiladi.
Gap yöl-transport hodisalari oldini oliş haqida borar ekan, bunday innovatsiyalarni ikki qöl bilan ma'qullaş mumkin. Töğri, qoidani buzganlar tegişli tartibda öz jazosini olsin. Ammo masalaning boşqa tomoni ham bor. Xöş, haydovçi belgilanmagan joyda avtomaşanasini nima sababdan qoldirgan? Ilojsizlikdan emasmi? Unga öz avtomaşinasini tegişli joy yoki va avtoturargohga qoldirişi uçun yetarliça şart-şaroit bormi? Bugun poytaxt köçalarida harakatlanayotgan maşinalar soni va mavjud avtoturargohlar miqdori qay darajada bir-biriga mos? Nega tegişli şaroit yaratmay turib, talab qiliş va jarimaga tortiş tendensiyasi tobora kuçayib bormoqda?

















