Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobodda yana bir sanatoriy quriladi, hudud Farg‘ona vodiysining «Turizm markazi»ga aylantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi yig‘ilishda ichki turizmni rivojlantirish masalasi pandemiya paytida to‘xtab turgan bo‘lsa-da aholi bandligi va daromadini oshirishni ta'minlashda muhim yo‘nalish hisoblanishini ta'kidladi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, prezident Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga viloyatda ikki oy muddat ichida ichki turizm dasturini ishlab chiqib, dastur doirasida boshqa hududlardan viloyatga ichki sayohatlarni tashkil qilish jadvalini tasdiqlatishini aytdi.
Prezident Xonobod shahrini Farg‘ona vodiysining «Turizm markazi»ga aylantirilishi taklifini bildirgan. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi va boshqa mas'ullarga Xonobod shahrini turizm markaziga aylantirish konsepsiyasi va uni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.
Bundan tashqari, yer osti ma'danli suv buloqlari mavjudligini hisobga olib, Xonoboddan 10 gektar yer ajratilgan holda «ma'danli suv» brendi yaratilishi aytildi. Shaharda yana bir sog‘lomlashtirish sanatoriysi tashkil etiladi.
Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga 2020-2021 yillarda Xonobodda turli festival va tadbirlar o‘tkazish ro‘yxatini shakllantirish topshirig‘i berilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026