Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ohak ishlab chiqarish shoxobchasida sodir etilgan jinoyat fosh etildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 2 may kunidan 3 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Navoiy viloyati Karmana tumani, “Yangiariq” mahallasi hududida joylashgan, 41 yoshli O.Sh.ga tegishli bo‘lgan ohak va gips ishlab chiqarish shoxobchasiga devordan oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan jami 17.500.000 so‘mlik turli xil uskunalar va qurilish mollarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 64 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlanib, talon-toroj qilingan boyliklarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
16:58 / 13.01.2026