2020 yil 18 may kuni soat taxminan 07:00larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri ötkazilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, uning davomida Törtköl tumani “Miskin YPX” blok postida, J.B. boşqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositasi töxtatilib, avtomaşina közdan keçirilganida, köp miqdorni taşkil qiluvçi 446 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, avtomombil yölovçisi S.N. öz körsatmalarida uşbu 446 dona “Tropikamid” kuçli ta'sir qiluvçi moddasi fuqaro Ş.A.ga tegişli ekanligi, u öz yaşaş uyida “Tramadol” psixotrop moddasini saqlayotganligi haqida bayon qilgan.

Holat yuzasidan Törtköl tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi (Kuçli ta'sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi böyiça Ş.A.ning Ş.Raşidov köçasidagi yaşaş xonadonida ötkazilgan tintuv tergov harakati davomida uç dona “Tropikamid” kuçli ta'sir qiluvçi moddasi va oq rangli paketda 248 öramdagi 2 ming 480 dona “Tramadol Lannaxer Tramadol 50 mg” vositasi, qora rangli paketga öralib, skoçlangan holatda saqlanayotgan jami 236 dona “Regapen” vositasi hamda jami 50.000 söm pullar borligi aniqlanib, aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

















