Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida 1 may kuni yuz bergan texnogen falokat yuzasidan oçilgan jinoyat işiga 2 nafar şaxs gumonlanuvçi sifatida jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllanildi.

Bu haqda 23 mayga ötar keçasi Özbekiston Boş prokuraturasi ma'lum qildi.

«Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi. Tergov harakatlari davom etmoqda», – deyiladi mahkama xabarida.

Kun.uz manbalariga köra, oçilgan jinoyat işi tergovi doirasida 19 may kuni «Sardoba» suv ombori obektlaridan foydalaniş va rivojlantiriş direksiyasi boşliği F.D. hibsga olingan.

Ma'lum qilinişiça, tergov davomida hali voqeaga aloqador yana boşqa gumondorlar ham işga jalb etiladi.

Jinoiy iş yuzasidan tergovni DXX organlari ötkazmoqda. Internet saytlar va turli telegram kanallarda DXX tomonidan «Sardoba» suv ombori obektlaridan foydalaniş va rivojlantiriş direksiyasi qaraşli bölgan «Özbekiston temir yöllari» AJga yuborilgan xabarnoma surati tarqaldi.

Xabarnomaga köra, 33 yoşli F.D. Jinoyat kodeksining 207-moddasi («Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş») 3-qismi «a» bandida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Bu moddaning 3-qismi «a» bandi odam ölişiga sabab bölgan holatni nazarda tutadi va bu ayb sudda öz isbotini topsa, sudlanuvçi muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Sardobadagi texnogen falokat yuzasidan 3 may kuni berilgan ilk rasmiy baënotida Boş prokuratura voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi («Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş») va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi («Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş») bilan jinoyat işi qözğatilganini bildirgan edi.