Boshqirdistonda 50dan ortiq o‘zbekistonlik ishchi virusga chalindi
Rossiya hududida yangi koronavirusning navbatdagi o‘chog‘i Boshqirdiston hududida, Salavot tumanining Maloyaz qishlog‘idagi «Skazka» mehmonxonasi bo‘ldi.

Foto: Oleg Xarseyev / Kommersant'
«Kommersant'» nashri xabar berishicha, so‘nggi haftada bu yerda 53ta yangi zararlanish holati qayd etilgan, ularning barchasi O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlaridir. Ma'lum bo‘lishicha, «Skazka» mehmonxonasiga joylashgan o‘zbekistonlik 68 nafar ishchi Chelyabinsk oblasti bilan chegara hududida joylashgan «Gorniy» issiqxona kompleksida ishlash uchun kelishgan.
Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, virusdan zararlanganlarning aksari kasallikni yengil formada o‘tkazishmoqda, faqat sakkiz kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Rospotrebnadzorning Boshqirdistondagi boshqarmasi epidemiologik tekshiruv boshlagan. Taxmin qilinishicha, ishchilar mahalliy sotuvchidan virus yuqtirgan bo‘lishi mumkin.
«Gorniy» issiqxonasi – Chelyabinskdagi «Churilovo» agroxoldingi tarkibiga kiruvchi Uraldagi eng yirik issiqxona kompleksi hisoblanadi. O‘zbekistonlik migrantlar bu yerga fevralda kelishgan. Ular Moskvadagi «Standart plyus» kompaniyasi tomonidan «Skazka» mehmonxonasiga joylashtirgan. Mehmonxona ham Chelyabinsk oblasti chegarasi yaqinida joylashgan.
Virusdan zararlanganlarning besh nafari Mesyagutovoda, uch nafari esa Kiginskda shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan bemorlarda kasallik yengil o‘tmoqda va ular mehmonxonada qolgan. Mehmonxona o‘zi karantinga olingan.
Mehnat muhojirlarida kasallik belgilari 10 may kuni paydo bo‘la boshlagan. 11 may kuni Rospotrebnadzor barcha ishchilarni tekshirishga ko‘rsatma bergan. 12 may kuni issiqxona xodimlari izolyatsiyaga yuborilgan: shu kunning o‘zida ikki kishida virus aniqlangan. Mehmonxona karantinga olinib, politsiya posti o‘rnatilgan. 15 may kuni Chelyabinsk oblastiga poyezdda borib qaytgan yana ikki ishchida koronavirus aniqlangan.
Ayni vaqtda mehmonxonada 60 kishi izolyatsiyaga olingan. Kasallar bilan aloqada bo‘lgan 28 nafar boshqirdistonlik o‘z o‘zini ihotalashga yuborilgan. Ular orasida mehmonxona yaqinida joylashgan do‘konning 6 nafar xodimi ham bor. Hozirda bemorlar bilan aloqada bo‘lgan uch kishida koronavirus tasdiqlangan, jumladan, do‘kon sotuvchisida ham.
Shu vaqtgacha Boshqirdistonda virusning asosiy o‘chog‘i shifoxonalar edi.
Rospotrebnadzorning hududiy boshqarmasi Maloyazdagi holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv olib bormoqda. Versiyalardan biriga ko‘ra, migrantlar mehmonxona ro‘parasidagi do‘kon sotuvchisidan virus yuqtirgan bo‘lishi mumkin.
«Unda kasallik simptomlarsiz rivojlangan. Ikkinchi versiyaga ko‘ra, ishchilar mehnat patenti olish uchun tekshiruvdan o‘tish uchun Chelyabinsk oblasti migratsiya xizmatiga borganida virus yuqtirgan bo‘lishi mumkin», deyiladi xabarda.
«Gorniy» issiqxona kompleksida 550 kishi ishlaydi. «Agropark Ural» kompaniyasi rahbari Yevgeniy Baturinning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘zbekistonlik muhojirlar bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan. U faqat qilingan ish uchun to‘lov qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqni buzgani uchun jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:36
-
Hayit kuni qurbon bo‘lgan g‘azoliklar, husiychilarga Trampdan tahdid va «Tolibon»ni legallashtirmoqchi bo‘layotgan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:56
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
Mavzuga oid

23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi

23:36 / 25.05.2024
Boshqirdiston va O‘zbekiston 95 banddan iborat hamkorlik yo‘l xaritasini imzoladi

16:03 / 18.01.2024
Boshqirdistonda «qora xalq» namoyishi. Olomon politsiyani qorbo‘ron qildi

18:07 / 15.08.2022