«15 martdan hisoblaydigan bölsak, tibbiyot xodimlari orasida 300dan ortiq virusga çaliniş holatlari aniqlandi.

Eng köp aniqlangan holat – infeksiya birinçi kirib kelgan davrga töğri kelmoqda. Sababi birinçidan, tibbiyot xodimlari ham, aholi ham bu infeksiyaga tayyor emas edik. Nimaga tayyor emas edik? Niqoblarimiz ham, kombinezonlarimiz ham bor edi. Lekin ularni töğri işlatib, töğri foydalanib faoliyat körsatmasligimiz natijasida mana şunday holatlar yuzaga kelgan.

Bugungi kunga kelib 300dan ortiq şunday holat bor», dedi vazir örinbosari.

– Navoiy viloyati 4 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi, 6 may kuni viloyat «yaşil» hudud deb e'lon qilindi. 8 mayda esa viloyat markazida karantin tadbirlari kuçaytirildi, 9 maydan yangi holatlar aniqlana boşladi. Yangi holatlar qayerdan çiqyapti?

– Şuni aytib ötiş kerakki, bunda hududlararo migratsiya ham bor. Asosiy sabab – kasallik bemor bilan muloqotda bölgan insonlarda kelib çiqmoqda. Töğri aytdingiz, Navoiy viloyati «yaşil hudud» edi, kasal bemorimiz yöq edi. Lekin bugungi kunda (23 may holatiga – tahr.) Navoiy viloyatida 72 bemorimiz qayd etilgan. Ikki hafta oldin Navoiy viloyatida umuman bemorimiz yöq edi. Bu asosan Zarafşon şahrida.

Kasallik asosan bemor bilan aloqada bölganlar orasida aniqlanmoqda. Bugun heç qaysi hudud «men yaşilman», «yaşil hududga kirganman», deyişi kerak emas. Nafaqat hudud, tuman, mahalla, kerak bölsa oila ham «yaşil hudud»ga kirganman, deyişi mumkin emas. Bir soatda emas, bir zumda ham özgarişi mumkin. Virus odamdan-odamga tez yuqadi.

Sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etmaslik oqibatida bu holatlar kelib çiqmoqda. Navoiy viloyatini «qizil» hududga kiritiş böyiça maxsus komissiyaga taklif kiritilgan. Tez kunda özgartiriş kiritiladi.

– Koronavirusning aholi orasida tarqalişiga sabab karantin qoidalarining erkinlaştirilgani, aholining özi ham mas'uliyatsizlikka yöl qöyayotgani emasmi?

– Sekin-sekin karantin çeklovlari olib taşlanmoqda. Bunday paytda aholi yana, yana va yana karantin qoidalariga rioya etişi kerak. Töğri aytyapsiz, agar aholi karantin çeklovlariga rioya etmasa, kasallik yanada köpayiş holatlariga olib keladi.