Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko pandemiyani o‘z prezidentlik davrining eng og‘ir damlari deb atadi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hozirgi davrni o‘z prezidentlik davrining eng og‘ir damlaridan biri deb atadi va hattoki prezident lavozimidagi ilk yillarga qiyosladi.
“Prezidentlik davrimdagi eng og‘ir damlar. Eng og‘irlaridan biri – bu aniq. Viktor Sheyman [Belarus prezidenti ishlari boshqaruvchisi] mamlakatda non va xalqni boqish uchun umuman hech narsa bo‘lmagan vaqtlarni yaxshi eslaydi. Men ko‘pincha bir voqeani misol qilib ko‘rsataman: 1994 yilda Minskda non yopish uchun bor-yo‘g‘i 3 kunlik un qolgandi. Bu haqiqatan ham dahshatli vaqtlar edi. Bundan qanday chiqib ketdik..., menimcha, Tangri yordamigina bilan”, deb aytgan Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, hozirgi davrni nafaqat koronavirus pandemiyasi, balki barcha tomondan bu vaziyatda kuchli bosim o‘tkazilgani sababli og‘ir deb hisoblaydi. “Bunga bardosh berish kerak edi. Odamlar axir turfa. Barchasi ma'lum – bizda qattiqqo‘l hokimiyat, prezident aytdimi – hammasi qilinadi, bajariladi. Shunga qaramay, biz hech narsani taqiqlamadik. Biz shunchaki odamlarni asradik, ularni davoladik va hokazo. Shu sababli, odamlar o‘zini turlicha tutdi, biroq umuman olganda yomon emas. Biroq shunga qaramay, bosim juda jiddiy bo‘ldi”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus rahbari.
Lukashenkoning aytishicha, Belarus muayyan holatlar va koronavirusga qarshi kurashishda tanlagan yo‘llari sababli dunyoda bunday yondashuvga ega va muayyan natijalarga erishgan yagona davlat bo‘ldi. Ta'kidlab o‘tish joiz, Lukashenko respublikada koronavirus tarqalishiga qarshi cheklovlar kiritishdan bosh tortgandi. “Bu esa kimdadir shubha va belaruslar qanday qilib bu bosqichni bir o‘zlari o‘ta oldilar degan savollarni uyg‘otmasligi mumkin emas. Men bu bosqich yakunlandi demayapman. Men umuman bu oylar ichida irimchi bo‘lib qoldim”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:06 / 02.04.2026