Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yosh yigit o‘zi ishlab kelgan yoqilg‘i shoxobchasidan o‘g‘rilik sodir etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 18 may kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan MChJ rahbari 46 yoshli S.M. IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 18 kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs unga tegishli MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining operator xonasiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonadagi temir seyfdan 29 345 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy shahrida yashovchi, MChJda operator yordamchisi bo‘lib ishlovchi 21 yoshli D.B. sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil sifatida 29 345 000 so‘m pullar rasmiylashtirilib olingan.
D.B. jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 02.11.2025
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
18:24 / 25.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilikdan so‘ng, muzey xazinasi Fransiya bankiga yashirildi
18:28 / 22.10.2025