2020 yilning 19 may kuni 43 yoşli M.P. Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
U Törtköl tumanida yaşovçi “Qunduz” ismli ayol noqonuniy ravişda öz farzandini sotmoqçi bölib yurganligini bayon qilgan va uning uşbu arizasiga asosan şu kuni soat 21:00da Beruniy tumani IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, Törtköl tumanida joylaşgan namunali uyda ijarada yaşab kelayotgan, 38 yoşli Qunduz K. özining ikkinçi farzandi, voyaga yetmagan 13 yoşli D.O.ni fuqaro S.E.ga 15.000 AQŞ dollari evaziga sotayotgan vaqtida uşlangan.
Hodisa sodir bölgan joydan kimyoviy işlov berilgan 400 AQŞ dollari hamda qolgan 14.600 AQŞ dollari miqdoridagi pullar aniqlanib, aşyoviy dalil tariqasida örnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Törtköl tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Q.K.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















