"Yetti ming kişini bitta bino içiga joylaştiriş ğoyasi ötmişda qolib ketişi mumkin", deydi Barclays banki boş direktori. Morgan Stanley boşliği uning banki ortiqça köçmas mulkdan xalos bölişga tayyorligini ma'lum qildi. Britaniyalik biznesmen Martin Sorell esa qimmat ofislarga sarflayotgan 35 million funt sterlingni işçilarga sarflagan ma'qulligini aytmoqda.
Ofisda kun ötkazişlar yakuniga yetmoqda, deydi "Mehnat quvonçi" (The Joy of Work) kitobi muallifi Bryus Deysli. "Afsuski, bizda bu borada samimiy his-tuyğular paydo bölişi mumkin, ammo menimça, bugungi ofis tuşunçasi ötmişda qoladi", dedi Deysli BBC Radio 4ga bergan intervyusida.
"Şu kunlarda yetakçi OAV xodimlaridan biri bilan gaplaşdim, - deydi ekspert. – Uning sözlariga köra, ilgari idoraga har kuni 1400 kişi işlagani kelardi. Sönggi ikki oy içida bu raqam 30 kişiga tuşib ketdi, ammo bu natijaga ta'sir qilmadi".
Katta ofislar ötmişda qolişi mumkin
Biroq, Jon Kass nomidagi London biznes maktabi professori Andre Spaycer ofislar bilan xayrlaşiş hali erta deb hisoblaydi.

U ofislarda iş vaqtining keskin qisqarişini başorat qilmoqda, ammo ofisdagi mehnat yöqolib ketmasligiga işonadi. Uning fikriga köra, masofadan işlaydigan xodimlar kamroq kötariladi - ular köp ham sezilmaydi. Va yaqinlaşib kelayotgan tanazzulni hisobga olgan holda, köpçilik rahbariyat köz oldida bölişni xohlaydi.
"Iqtisodiy inqiroz paytida odamlar ayniqsa öylaşga moyil: iş joyida böliş kerak, xöjayin meni doim körib turişi kerak", deydi Spaycer. Uning qöşimça qilişiça, top-menejyerlar doimiy ravişda ofisda işlaydi, oddiy xodimlar esa rahbariyat bilan körişiş uçun haftada bir yoki ikki marta paydo böladi.
Twitter allaqaçon şunga öxşaş model bilan tajriba ötkazmoqda - korporatsiya barça işçilarga muddatsiz ravişda masofadan işlaşga ruxsat berdi, ammo ofislarni oçiq qoldirdi.
Uyda işlaş yangilik emas. Sönggi ön yilliklarda tobora köproq kompaniyalar işçilarni masofadan işlaşga ötkaziş yoki ofislar örniga arzonroq joylarni ijaraga oliş orqali mablağlarini tejamoqda. "Menimça, tejamkorlik - muhim rağbat, - deydi professor Spaycer. - Köplab kompaniyalar ijaraga köp pul sarflayapmiz, köproq uydan işlaylik degan qarorga keladi. Bu allaqaçon boşlandi".




















