Putinning ta'kidlaşiça, Rossiyada koronavirus epidemiyasining eng yuqori darajasidan ötildi. Rossiya prezidentining aytişiça, parad iştirokçilari soğliğiga barça xavflar minimumga keltirilişi, yaxşisi esa umuman istisno qilinişi lozim. 

“Rossiya poytaxti Moskvada va boşqa şaharlarda Ğalabaning 75 yilligi şarafiga harbiy paradga tayyorgarlikni boşlaşni buyuraman. Biz buni 1945 yilda tarixiy ğoliblar paradi ötgan kun – 24 iyunda amalga oşiramiz. Öşanda Qizil maydon böylab Moskva ostonasida jang qilgan va Leningradni himoya qilgan, Yevropani ozod qilgan va Berlinni işğol qilgan jangçilar yurib ötgan”, deb aytgan Putin Şoygu bilan ötkazilgan majlisda. 

Paradga tayyorgarlikning borişidan xabardor bölgan manbaning ma'lum qilişiça, parad ötkaziladigan kunni dam oliş kuni deb e'lon qiliş rejalaştirilmoqda. Paradga keliş taklifini Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev olgan. Şuningdek, Moskvaga Moldova prezidenti Igor Dodon va Falastin rahbari Mahmud Abbos keliş istagini bildirgan.

Ğalaba paradi koronavirus epidemiyasi sababli 9 may kuni ötkazilmagandi. Biroq Putin uşbu yubiley sanani keyinroq ötkazişga va'da bergan. 9 may kuni Moskva uzra jangovar samolyotlar uçib ötgan, keçki payt esa salyut otilgan.