Röyxatda Buxoro viloyati Şofirkon tumani hamda Andijon viloyati Izboskan tumanlari «yaşil» toifaga kiritilganini köriş mumkin. Vaholanki, Izboskanda 23 may kuni koronavirus aniqlangan. Rossiyadan kelgan izboskanlik xalqaro yuk taşuvçi haydovçi koronavirusga test topşirib natijasini kutmay karantin qoidasini buzgan holda uyiga ketib qolgan. Haydovçi ketgaç, u topşirgan test natijasi musbat çiqqan (ya'ni virus aniqlangan).

Oqibatda koronavirus yuqtirgan haydovçi bilan muloqotda bölgan 100 nafarga yaqin fuqaro karantinga olingan. Izboskanlik haydovçida virus aniqlanganidan ikki kun ötib esa tumanda «Soğlom hayot uçun 5 000 qadam» şiori ostida ommaviy tadbir ötkazilgan. Uning iştirokçilari «Uyda qoling» degan bannerlarni ham kötarib olişgandi. 23 may kuni koronavirus aniqlangan Izboskan tumanining nega hamon «yaşil» hudud bölib turgani haqida ma'lumot berilmagan.

Öz navbatida Buxoro viloyati Şofirkon tumani ham «yaşil» hududlar orasida bölib turgani köpçilikni ajablantirdi. Çunki 27 may kuni bu tumanda yaşovçi bir oilaning 7 nafar a'zosida koronavirus aniqlangan. Respublika maxsus komissiyasi esa Şofirkon tumanini «yaşil» hudud sifatida körsatgan.

Buxoro viloyati hokimligi bu borada munosabat bildirdi. Ma'lum bölişiça, Şofirkonni «qizil» hududga kiritiş borasida «taklif berilgan va yaqin orada bu borada maxsus komissiya qarori qabul qilinişi kutilmoqda». 

«Şuni ma'lum qilamizki, joriy yilning 27 may kuni Şofirkon tumanida koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar aniqlangani sabab epidemiyaga qarşi kuraş talablaridan kelib çiqib, viloyat hokimligi tomonidan mazkur tumanni «yaşil» hududdan «qizil» hududga, Navoiy viloyatida ham kasallik öçoği mavjudligini inobatga olib unga yondoş bölgan Ğijduvon hamda Kogon tumanlarini «yaşil» hududdan «sariq» hududga ötkazilişi yuzasidan taklif kiritildi.  Yaqin orada bu böyiça hukumat komissiyasi qarori qabul qilinişi közda tutilgan», deyilgan bayonotda.

Ma'lumot uçun, «yaşil» toifasidagi tumanlar (şaharlar) koronavirus tarqaliş xavfi past hududlar hisoblanadi. Koronavirus aniqlangan hududlar esa avtomatik tarzda virus yuqiş xavfi yuqori bölgan «qizil» hududlar qatoriga kirişi kerak. Ammo ma'lum bölişiça, Özbekistonda hududlarning bu boradagi statusi faqat maxsus komissiya qarori bilan özgartiriladi. Çunki 23 may kuni virus aniqlangan Izboskan, 27 mayda virus aniqlangan Şofirkon tumanlari maxsus komissiya bayonotida hamon «yaşil» toifada turibdi.