Pandemiya – munajjim, folbin va romçilarning yolğonlarini foş etuvçi bir soat, ularga işonuvçilar uçun esa iymonga qaytişga çaqiriq böldi, deb yozadi Islom taraqqiyot banki moliya menejyeri Xondamir Nusratxöjayev Telegram'dagi «Islom moliyasi» kanalida e'lon qilingan maqolasida. Azon.uz uşbu maqolani özbek tilida taqdim etdi.

Kelajakda sodir böladigan voqealarni bilişga intiliş ba'zi insonlarga tinçlik bermaydi. Bu köpinça ularning ojizliklari yoki e'tiqodining sustligidan darak beradi. Şunday insonlar köpinça munajjimlar başoratiga işoniş, folbinlarga boriş va ularning gaplariga işonişga moyil böladilar.
Bugungi kunda koronavirus ularning barçasidagi yolğonçilik, közböyamaçilik va kazzoblikni oçib taşladi. Munajjimlar, folbin va romçilarning asl başarasini namoyon qildi. Dunyodagi eng maşhur va «işonçli» munajjim va folbinlarning YouTube`dagi 2020 yilga turli burjlar uçun ham, umumiy başoratlarini ham körib çiqdik. Tabiiyki, ulardan birortasi ham 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarining qulaşini, na fond bozorlaridagi şönğişni başorat qilgan.
Barçasida faqat safsata va voqelikdan mutlaqo yiroq narsalar töğrisida gap borgan.
Şu sababli, uşbu murojaat nafaqat sizga, balki munajjim, folbin va romçilarning töriga ilingan va ularga hamon işonadigan insonlargadir: uşbu pandemiya haq va botilni oçiq ajratuvçi, kazzoblarning yolğonlarini foş qiluvçi bir soat böldi. Bilingki, kelajak va ğaybni bilişga intiliş iymondan ayiradi, taşviş, xavotir, iztirob va umidsizliknigina ziyoda qiladi.
Aqldan ozgan odamdek turli yolğonlarga işonmang, insoniy obro‘ va şa'ningizni saqlang. Bilingki, halokatga uçrayotgan samolyotdagi insonlarning burjlari turliça böladi, lekin hammasi birga vafot topişi mumkin.
Alloh taolo ğaybni faqat Özi bilişi haqida bir neça oyatlarda marhamat qilgan:

















