Braydenstayn raketa starti muvaffaqiyatli ötgandan keyin özini yengil his qilganini, biroq bortida astronavtlar Daglas Xerli va Robert Benken bölgan Crew Dragon kemasi Xalqaro koinot stansiyasiga tutaşgandan keyingina uşbu muvaffaqiyatni nişonlaşini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, u kemaning XKSga tutaşişi ortidan Xyustondagi fazoviy parvozlar markazidan kuzatadi.

NASA rahbarining aytişiça, kema belgilangan orbitaga çiqqaç XKSga tutaşiş oldidan uning manyovr dvigatellari yoqiladi. U ayni vaqtda astronavtlarga dam zarurligini, bu orada Yerdagi jamoada “dam oliş uçun bir daqiqa” ham bölmasligini aytgan. 

31 may kuni Toşkent vaqti bilan 00:22 da bortida Crew Dragon kemasi bölgan Falcon 9 kemasi Floridadigi kosmodromdan fazoga uçirildi. Uşbu parvoz Crew Dragon’ning XKSga ikkinçi va bortida fazogirlar bilan birinçi parvozi böldi. Kemaning XKSga tutaşişi raketa startidan taxminan 19 soat keyin yuz berişi kerak.

2011 yildan beri XKSga fazogirlar Rossiyaning “Soyuz” turidagi kemalari bilan yetkazib kelingan. NASA va “Roskosmos”ning XKSga bir fazogirni 90 mln dollarga yetkazişni közda tutuvçi şartnomasi 2020 yil oktyabrda nihoyasiga yetadi.