Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqörğon” dala öquv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Taşabbuskor ğoyalar” asosidagi takomillaştirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Izlanişlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” öziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi şinali zirhli texnikaga almaştirildi.

Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oşdi. Harakatlaniş davomida nişonlarni yakson qilişi körsatkiçi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyaçilari tomonidan texnika va qurolning jangovar imkoniyatlari örganilmoqda.

Şuningdek, “Böron” deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli KamAZ va «Ural» texnikasiga örnatilgan 122 millimetrli “DM-21” markali öziyurar artilleriya töp-raketasini masofadan boşqariş va otiş işlari sinovdan ötkazilmoqda.