Germaniya, Fransiya va yana 20 dan ortiq davlat 18 yanvar, payşanba kuni Ukrainaga Rossiya agressiyasini qaytarişga yordam beriş uçun Parijda artilleriya koalitsiyasini tuzdi. «Zamonaviy artilleriyaga alternativa yöq, biz öq-dorilar işlab çiqarişni köpaytirişga harakat qilişda davom etişimiz kerak», dedi Fransiya poytaxtida video-aloqa orqali konferensiya iştirokçilariga qöşilgan Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov.
Qöşma Ştatlar va Fransiya boşçiligidagi artilleriya koalitsiyasi Germaniyadagi Amerika havo kuçlari bazasi nomi bilan atalgan «Ramştayn» aloqa guruhining bir qismidir, u yerda 2022 yil aprel oyida 50 davlat vakillari Ukrainaga Rossiyaga qarşi uruşda yordamni taşkil qiliş uçun uçraşgan.
Fransiya Ukraina uçun yana 12 ta Caesar gaubitsasini moliyalaştirişga tayyorligini ma’lum qildi. Parij hukumati buning uçun 50 million yevro ajratadi, dedi Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu. Hozirda Ukrainada 49 ta şunday gaubitsa qöllanmoqda, yana oltitasiga buyurtma berilgan. Fransiya 250 million dollar evaziga yana 60 ga yaqin gaubitsa işlab çiqarişga qodir - bu «ittifoqçilarning turli budjetlariga juda mos keladi», dedi Lekornyu.
Fransiya va Ukraina örtasidagi ikki tomonlama kelişuv
16 yanvar kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina bilan yangi qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça ikki tomonlama şartnoma tuziş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Fevral oyida u uşbu hujjatni Kiyevda taqdim etişni rejalaştirmoqda. Makron, şuningdek, Ukrainaga yana 40 ta SCALP raketalari va yuzlab snaryadlarni va’da qildi.
Fransiya sönggi vaqtda Kiyevga qurol yetkazib berişni kamaytirgani uçun tanqid ostida qolgan. Kildagi jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga köra, Fransiya Ukrainaga 1,7 milliard yevrolik qurol yetkazib bergan va şu tariqa Kiyevning qurol homiylari orasida 12-örinni egallagan. Germaniya deyarli 21 milliard yevro yetkazib berdi va AQŞdan keyin ikkinçi örinda turadi.

















