NATOga a’zo bölgan 30 mamlakatdan 20 tasida Ukrainaga jönatiş uçun möljallangan harbiy resurslarning katta qismi tugagan. Bu haqda The New York Times Şimoliy Atlantika alyansi vakiliga tayanib xabar berdi.

Şu bilan birga, naşr suhbatdoşi qolgan a’zolar, jumladan, Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya kabi yirik ittifoqçilar hali ham muhim qurollar bilan ta’minlaşga qodir ekanini ta’kidlab ötgan. NATO Ukrainaga allaqaçon 40 milliard dollarlik qurol-yaroğ jönatib ulgurgan, bu Fransiyaning bir yillik mudofaa budjetiga teng.

Jurnalistlar bilan suhbatlaşgan ekspertlarning ta’kidlaşiça, Ukrainadagi uruş jarayonida ikki tomon ham Ikkinçi jahon uruşidan beri misli körilmagan darajada qurol va öq-dorilarni sarflamoqda, Ğarb esa bunga tayyor bölmagan.

NATO vakilining sözlariga köra, Ukrainada frontda qöllanayotgan artilleriya miqdori hayratga solar darajada köp. Masalan, Afğonistonda NATO kuçlari artilleriyadan kuniga 300 ta snaryad uçirgan va havo hujumidan mudofaa haqida deyarli qayğurmagan. Ammo Ukraina qurolli kuçlari kuniga minglab snaryad otişi mumkin va hamon rossiyaliklar raketalari va Eron tomonidan Rossiyaga taqdim etilgan dronlardan himoyalaniş uçun havo hujumidan mudofaa tizimlariga öta muhtoj holda qolmoqda. «Ukrainadagi bir kun — Afğonistondagi bir oy yoki undan köproqqa teng», — deydi NYT bilan suhbatda mudofaa böyiça ekspert va NATOning sobiq yordamçisi Kamil Grand.

NATOning yuqori martabali mulozimi gazetaga aytişiça, ötgan yozda ukrainaliklar Donbassda kuniga örtaça 6-7 mingta, rossiyaliklar esa 40-50 mingta artilleriya snaryadlarini işlatgan. Taqqoslaş uçun: AQŞ bir oyda 15 mingta snaryad işlab çiqaradi.