Yevropa Ukrainaga qurol yuboriş örniga mamlakatning mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda yevropalik amaldorga tayanib The Washington Post xabar berdi.

Içki muhokamalardan xabardor WP suhbatdoşining sözlariga köra, Kiyevga bir neça yildan beri qurol yetkazib berayotgani sabab Yevropaning öz zaxiralari tugab bormoqda, şu bois «Ukraina mudofaa sanoatiga mablağ yönaltiriş modelini körib çiqayotgan davlatlar soni oşyapti».

Ta’kidlanişiça, Jo Bayden ma’muriyati davrida yetkazib berilgan qurollar zaxirasi tugab borayotgani sabab Yevropa Amerika yordamining töxtatilişini töliq qoplay olişiga bölgan şubhalar tobora ortib bormoqda.

WP manbasining qayd etişiça, Yevropa uçun bu arzonga tuşadi, ukrainaliklar ham qurol işlab çiqarişi kerak va uşbu strategiyani har ikki tomon uçun foydali deb ataş mumkin. Şuningdek, bu NATO davlatlariga Ukraina hududidan yangi qurol turlari, xususan, ularning tajribasi kam bölgan dronlar ustida sinov ötkaziş poligoni sifatida foydalaniş imkonini beradi.

WP misol tariqasida «Bogdana» ğildirakli öziyurar gaubitsasini keltirgan. Bu — NATO kalibriga mos keluvçi birinçi Ukraina gaubitsa bölib, u mamlakat xavfsizligini ta’minlaşda yordam berişi mumkin. Uruş davomida Yevropadagi ittifoqçilari bilan hamkorlik doirasida «Bogdana»larni işlab çiqariş hajmi keskin köpaygan — 2023 yilda oyiga bunday qurollardan olti dona işlab çiqarilgan bölsa, 2025 yilda uşbu körsatkiç 20 tadan oşgan.

Eslatib ötamiz, 9 aprel kuni Yevropa gaubitsalar işlab çiqarişga 1 milliard yevro miqdorida qöşimça tranş ajratilişini e’lon qilgandi — uşbu mablağlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi. Ta’kidlanişiça, bu Ukraina artilleriyasi uçun ajratilgan eng katta mablağ hisoblanadi.