Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusdan birinchi dori qo‘llash uchun ma'qullandi. U iyundan shifoxonalarga tarqatiladi
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi dori - “Avifavir” Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma'qullandi. U 11 iyundan Rossiya shifoxonalariga tarqatiladi.
Ushbu dori vositasi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ivestitsiyalar jamg‘armasi va “XimRar” kompaniyalari guruhi tomonidan Yaponiyaning “Favipiravir” dorisi negizida ishlab chiqilgan.
Biroq “Avifavir”ning tadqiqotlari yoz oxirigacha davom etadi. U shifoxonalarga shartnomalar bo‘yicha tarqatiladi va erkin savdoga chiqarilmaydi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Rossiyada hozirgacha koronavirusni davolash uchun maxsus dorilar yo‘q edi. Asosan immun tizimi javobini chaqiruvchi dorilar, misol uchun bezgak yoki artritga qarshi qo‘llanuvchi gidroksixloroxinning aminoxinolin hosilalaridan foydalanilgan.
“Favipiravir” esa aynan RNK-saqlovchi viruslar chaqiruvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqilgan. U gripp viruslari, jumladan parranda grippiga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan. Dori viruslar tarqalishini bloklaydi.
Ta'kidlanishicha, “Avifavir”ning koronavirusga qarshi samaradorligi 80 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi, biroq Yaponiyada “Favipiravir”ning samaradorligini isbotlay olmay, uning qo‘llanishi qoldirilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026