Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent şahrida aholi orasida qayd etilayotgan kasallaniş holatlari soni köpayayotganini ma'lum qilib, hududda epidemiya yana avj olişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Sönggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toşkent viloyatlari qatori Toşkent şahridan ham aholi orasida koronavirus infeksiyasiga çalinganlar soni kun sayin oşib bormoqda. Kasallaniş körsatkiçlari şu tempda ösib borsa epidemiya avj oliş xavfi yanada kuçayadi. Bu esa aholidan yanada huşyor bölib, özi va yaqinlari salomatligiga öta mas'uliyat bilan yondaşişlarini talab etmoqda.
Jumladan, bugun, hozirga qadar poytaxtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 11 nafar fuqaroning barçasi aholi orasidan kasallikni yuqtirib olgan. Misol uçun, bir neça kun oldin «Örikzor» savdo majmuasi sotuvçisi koronavirusga çalingani haqida xabar bergan edik. Endilikda uning öğli va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ayni vaziyatdan ma'lum böladiki, har bir fuqaro, avvalo, karantin qoidalariga qat'iy rioya etişlari lozim. Zarurat yuzasidan köçaga çiqib, uyga kelganingizda ham qölingizni sovunlab, qayta-qayta yuving. Qöl berib salomlaşiş, quçoq oçib körişişdan tiyiliş lozim. Eng muhimi, ijtimoiy masofani saqlang, jamoat va odamlar töplangan joylardan uzoqroq yuring, doimo tibbiy niqob taqib yurişni unutmang. Aks holda nafaqat özingiz, balki oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz soğligini ham jiddiy xavf ostida qoldirişingiz mumkin», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Ayni vaqtda mamlakatdagi şifoxonalarda 726 bemor davolanmoqda. Bemorlarning 7 nafari oğir, 1 nafari esa öta oğir ahvolda.

















