Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biz farzandlarimizning xavfsiz va baxtli bolaligi uchun javobgarmiz – Vazir bolalarni tabrikladi
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin «UzReport» kanali orqali jonli efirda butun respublika bolalarini 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi.
«Bolalarimiz kelajak hayotimiz va baxtimiz mazmunidir. Bolalarga g‘amxo‘rlik qiling, ularni himoya qiling seving va, albatta, erkalang. Biz farzandlarimizning xavfsiz va baxtli bolaligi uchun javobgarmiz», dedi Agrippina Shin o‘z tabrigida.
Maktabgacha ta'lim vaziri bolalarga va ota-onalarga tinchlik-totuvlik, baxt va sihat-salomatlik tiladi.
«Hurmatli ota-onalar. Bolalaringizga bo‘lgan mehringiz yuragingizni va hayotingizni ham quvonchga to‘ldirsin. Ishlaringizga omad va o‘zingizga tuganmas energiya bag‘ishlasin», deya ota-onalarga murojaat qildi vazir.
Maktabgacha ta'lim vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yangi loyihaga ham start berdi.
Yangi «Salomatlik alifbosi» loyihasining ilk soni 3 iyun kuni soat 18:50da «Oilaviy» telekanalida efirga uzatiladi.
Maktabgacha ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, «Salomatlik alifbosi» loyihasi maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi borasida ota-onalarga katta ko‘mak beradi. Dastur davomida ota-onalar o‘z farzandlarining rivojlanish darajasini bilib olishi mumkin.
«Har bir bolaning imkoniyati va qobiliyati turlicha ekanligini unutmaslik kerak. Bolaning sog‘ligi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini qancha tez ilg‘asak va uni qo‘llab-quvvatlasak, u voyaga yetganida shunchalik katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:07 / 26.12.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi: 2025 yilda 59 ta yangi maktab ishga tushirildi
18:28 / 09.09.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qildi
20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi
09:28 / 24.03.2023