2020 yilning 28 may kuniga ötar keçasi soat 03:00da 33 yoşli R.N. boşqaruvida bölgan Nexia rusumli avtomaşinasida jiyani, 22 yoşli U.Ş. va tanişlari, 26 yoşli P.Ş., 25 yoşli Ş.Q. va 26 yoşli I.S.ni yaşaş uyiga taşlab ketiş uçun Qaşqadaryo viloyati Koson tumani Obod köçasida avtomaşinani töxtatgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, R.N. ular bilan xayrlaşayotgan vaqtida, ularning ortidan özlariga oldindan taniş bölgan, 20 yoşli O.D. boşqaruvida bölgan “VAZ 2106” rusumli avtomaşinasida özining tanişlari 22 yoşli I.X., 21 yoşli O.R., 19 yoşli B.N. va 22 yoşli D.F. bilan birga kelib, özaro bir-birlari bilan salom-alik qilayotgan vaqtida Ş.Q. O.D.ning qölini siqib körişib, heç bir sababsiz, biqin sohasiga bir muşti bilan urganligi sababli, O.D. öz navbatida muşti bilan Ş.Q.ning yuz qismiga bir muşt urib yiqitgan.

Uşbu holatdan söng, yiqilgan Ş.Q.ning tanişi, mast holatda bölgan I.S. Ş.Q.ni urib yiqitgan O.D.ning mast holatdagi tanişi I.X. bilan özaro janjallaşib qolib, natijada I.X. yonida olib yurgan oşxona piçoği bilan I.S.ning çap tomon yelka orqa sohasiga bir marotaba sançib olib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, I.S. tan jarohati bilan tuman şifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda holat yuz bergan vaqtda şu yerda bölgan barça şaxslar bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.