2 iyun kuni AOKA ştabida ötkazilgan brifingda Quriliş vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov Sardoba fojiasida aholining turar joylariga yetgan zarar haqida ma'lumot berdi.
Unga köra, bugungi kun holatiga 4435ta xonadon talafot körgan bölib, şulardan 2390tasi yaroqsiz, 2045tasi ta'mirtalab holatdaligi aniqlangan.
“Bugungi kunda 1814ta uyda parallel ravişda ta'mirlaş işlari olib borilmoqda – Sardoba tumani böyiça 494ta, Oqoltin tumani böyiça 668ta, Mirzaobod tumani böyiça 652ta.
Pudratçi korxonalar tomonidan tom işlari deyarli tugallangan, rom, deraza va eşiklar örnatilgan, pol işlari, elektr işlari santexnika va isitiş, içki va taşqi pardozlaş, taşqi devor örnatiş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda”, deydi Jamoliddin Qalandarov.
Ma'lum qilinişiça, köp kvartirali uy-joylarni ta'mirlaş, ularning tutaş hududini tiklaş va obodonlaştiriş uçun jami 8,4 mlrd söm mablağ talab etiladi. Jumladan, uylarni ta'mirlaş uçun 4,6 mlrd söm, obodonlaştiriş işlariga 3,8 mlrd söm sarflanişi közda tutilgan.


















