4 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Sessiya işida taşkiliy masala körildi. Kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Rustam Xolmatov nutq sözladi.

«Viloyat hokimi öz sözida şaharda keyingi paytda yiğilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xususan, aholi bandligini ta'minlaş sohasida töplanib qolgan masalalar, qulay tadbirkorlik muhitini yaratiş böyiça joriy islohotlarni öz vaqtida va yuqori saviyada ijro etiş singari masalalarda yöl qöyilgan kamçiliklarni tanqidiy tahlil qildi», – deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Sessiyada Ohangaron şahar hokimi Odiljon Jörayev lavozimidan ozod etilgan.

Rustam Xolmatov Ohangaron şahri hokimi lavozimiga Eşonqulov Akrom Jörayeviç nomzodini tavsiya qilgan, nomzod oçiq ovoz beriş yöli bilan tasdiqlangan.

Foto: Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma'lumot uçun, Akrom Eşonqulov 1976 yil 16 fevralda Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida tuğilgan. G.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqiçini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodçi.

Eşonqulov mehnat faoliyati davomida davlat boşqaruv tizimida bir qator vazifalarda, jumladan Toşkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinçi örinbosari – şahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi v.v.b. lavozimida işlagan.

Akrom Eşonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi Respublika böysunuvidagi şaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş bölimining Olmaliq şahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça boş mutaxassisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida faoliyat yuritgan.