Navoiy viloyati Nurota tuman IIBga “Qizilça” MFYda yaşovçi fuqaro Ş.N. ariza orqali murojaat etgan, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

U “Qöşquduq” qişloği, “Aydarköl” yoqasida joylaşgan otaridagi har birining bozor narxi 1 500 000 söm miqdorida bölgan, ya'ni umumiy qiymati 21 000 000 sömlik 14 boş qöylarini noma'lum şaxslar xufiyona tarzda öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.

Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruv natijalariga binoan, mazkur jinoyatni 1996 yil Nurota tumanida tuğilgan, hozirda “Qizilça” MFYda istiqomat qiluvçi K.L., 1997 yil Nurota tumanida tuğilgan, ayni paytda “Qizilça” MFYda yaşovçi F.M., 1986 yil Nurota tumanida tuğilgan, tumandagi “E.Sudir” MFYda istiqomat qiluvçi Z.Ş., 1980 yil Karmana tumanida tuğilgan, Karmana tumani “Kattamaçit” MFYda röyxatda turuvçi Ya.D. hamda 1992 yil Karmana tumanida tuğilgan, ayni paytda tumandagi “Kattamaçit” MFYda yaşovçi U.D. özaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlandi. 

“Epidemiologik vaziyat hukm surayotgan sinovli kunlarda ayrim şaxslar tomonidan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar oilalarning iqtisodiy turmuşiga jiddiy xavf solmoqda. 

Ayniqsa, karantin davrida olis hududlarda yaşovçi fuqarolarning rözğoriga oz bölsa-da yengillik ulaşayotgan çorva mollarining yöqoliş holatlari kuzatilmoqda. 

Yuqoridagi qoidabuzarlikda iştirok etgan şaxslarning boşqa tumanlarda ham sodir etilayotgan öğirliklarda aloqadorligi gumon qilinib, hozirda tezkor suriştiruv işlari davom etmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.