«Bu yerda tibbiyot xodimlariga hurmat va e’tibor juda yuqori» - Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan özbek şifokori
|00:47 / 08.06.202049 06712 min
Özbekistonlik şifokorlar dunyoning turli nuqtalarida faoliyat yuritadilar. Kimdir malaka oşiriş ilinjida, kimdir xorijni kaşf qiliş uçun, yana kimdir öz yurtida qadr topmaganidan öksib olisga yöl olgani endi heç kimga sir emas.
Kun.uz muxbiri xorijiy davlatlarda işlayotgan vatandoş şifokorlar bilan turkum intervyularning navbatdagisida Buyuk Britaniyada mehnat qilayotgan tajribali vraç Nihola Madaliyeva bilan suhbatlaşdi.
–Assalomu alaykum, avvalo özingiz haqingizda ma’lumot bersangiz.
– Men, Madaliyeva Nihola, oilaviy şifokorman. 2001 yilda 2-Toşkent davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tamomlab, 1-Toşkent davlat tibbiyot institutining Nevrologiya bölimida magistratura yönalişida tahsil oldim.
Magistraturani 2004 yilda tamomlab, Nevrologiya kafedrasida 2005 yilgaça assistent bölib işladim. Şifokorlik stajim 15 yil. 2005 yilda Buyuk Britaniyaga oilam bilan köçib keldim va öz kasbim böyiça Bornmut şahri şifoxonasi (Royal Bournemouth and Christchurch Hospitals) qoşidagi Dorsetning xorijlik doktorlari uyuşmasida malaka oşiruvçi şifokor (clinical attache) sifatida iş boşladim.
–Nega aynan şu davlatni tanladingiz?
– Oçiğini aytadigan bölsam, dunyoning rivojlangan davlatlarining birida şifokor bölib işlaş yetti uxlab tuşimga ham kirmagan. Buning ustiga yaqinlarimdan uzoqda, musofir yurtda yaşaş xayolimda ham yöq edi. Ustiga ustak, hali şifokorlikning past-baland jihatlarini töliq tuşunib yetmagan yoş mutaxassis edim.
Xöjayinim ham şifokor, u kişi klinik ordinaturani bitirib, jarroh sifatida işlayotganlariga 3-4 yil bölganiga qaramay, professional ösiş yölida heç qanday ijobiy natija körinmasdi. 2003 yilda turmuş örtoğim ingliz tilini mukammal özlaştiriş va rivojlangan mamlakatlardan birining tibbiyot sohasini öz közlari bilan köriş maqsadida Buyuk Britaniyaga yöl oldi. Olis yurtda ikki yilça yurib, kasbimizga oid jihatlarni örganib, bir qarorga kelganini aytdi.
Gaplariga qaraganda, u Angliyada şifokorlar uçun yaratilgan imkoniyatlarning beqiyosligini anglab, ixtiyoriy ravişda öşa yerda işlaş, malaka oşiriş fikriga kelgandi. 2005 yilda meni öz yoniga çaqirdi va nihoyat farzandim bilan men ham Buyuk Britaniyaga keldim.
Kelgandan söng diplomimni tasdiqlatiş maqsadida IELTS, PLAB imtihonlarini topşirdim. Hujjatlarim tasdiqlanib, Britaniyaning şifokorlari röyxatidan ötganimdan söng 2009 yildan boşlab özimiz yaşab turgan hududdagi Qirollikning Bornmut şahri şifoxonasida (Royal Bournemouth and Christchurch Hospitals) terapiya bölimida şifokor bölib işlay boşladim.
Mavzuga oid
Albatta, sohangiz böyiça imkoniyatlari bisyor yurtda qöllab-quvvatlaş yuqori darajada ekanini his qilgaç, ilmiy sohada yana ösiş, kasbingizni yanada mukammal örganişni istar ekansiz. 2014 yilda Qirollik qoşidagi Umumiy amaliyot vraçi kollejiga (Royal college of General Practitioners) öqişga kirib, uni 2019 yilda tugatdim.
Britaniyada umumiy amaliyot şifokori (oilaviy şifokor) böliş uçun 4 yil (klinik fanlarning özi 3 yil) öqiladi. Bu orada pediatriya, ginekologiya, psixiatriya, LOR, köz kasalliklari kabi mutaxassisliklarda 4-6 oydan işlab, malaka oşiriş zarur böladi. Çunki oilaviy şifokor yuqoridagi barça xizmatlarni körsata oliş qobiliyatiga ega bölişi muhim. Men uçun öqiş jarayoni nisbatan uzoqqa çözildi, çunki orada yana ikki farzandli böldim, ularning parvarişi uçun onalik ta’tili oldim.
Bugungi kunda Bornmut şahrining xususiy poliklinikalaridan birida oilaviy şifokor bölib faoliyat yuritaman. Turmuş örtoğim ham xususiy poliklinikada umumiy amaliyot şifokori bölib işlaydi, şuningdek, yana yarim stavkada şahar kasalxonasining tez yordam (accident and emergency) bölimida jarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Ikkalamiz ham Qirollikning Şifokorlar majmuasida doktor Madaliyevlar bölib MRCGP (professor unvoni bilan teng) nomzodi bilan röyxatda turamiz.
–Özbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyoti örtasidagi tafovutlar yoki öxşaş jihatlar qanday?
– Rivojlangan davlatlar, şu jumladan Buyuk Britaniya tibbiyotida xizmat körsatiş ança yuqori darajada ekani hammaga ma’lum. Ilk kelganimda meni eng köp ajablantirgan tomoni – bu tibbiyotning davlat fuqarolari uçun bepulligi edi.
Britaniyaning Milliy salomatlik xizmati (NHS – National Health Service) butun dunyoga maşhur va öz xalqi tarafidan juda ham qadrlanadi. Buning ustiga, bu yerda kasallikni davolaş emas, asosan oldini oliş birinçi öringa qöyilgan bölib, soğlom turmuş tarzi şifokorlar tomonidan ilğor ravişda tarğib qilinadi va rağbatlantiriladi.
Tafovutlarni sanaydigan bölsam vaqt yetmaydi, men öxşaşligidan boşlaşni afzal kördim.
Qirollik tibbiyotining Özbekiston tibbiyoti bilan öxşaş jihatlari, menimça, bu şifokorlarida bölsa kerak. Har bir şifokor, u qaysi davlatda bölmasin, öz bemorlari uçun haqiqiy malham bölişni, dardini yengil qilişni orzu qiladi va birinçi navbatda şuni diliga tugadi. Buni Özbekistonda 20 yil oldin birga öqigan kursdoşlarim faoliyatidan bilsam, bu yerda esa birga işlayotgan kasbdoşlarim iş jarayonida kuzataman.
Mehnatining ijobiy samarasini körib, samimiy taşakkur eşitiş har bir vraç uçun ğurur tuyğusini uyğotadi, kasbidan, odamlarga yordami tegayotganidan faxrlanadi.
Ammo açinarlisi (tafovutlardan biri) Britaniya şifokorlarini rağbatlantiruvçi moliyaviy va ma’naviy imtiyozlar Özbekiston şifokorlariga nisbatan ança yuqori. Şuning uçun kasbga nisbatan mehr, vraç-bemor örtasidagi özaro hurmat ham Britaniyada nisbatan yuqoriroq.
–Sir bölmasa, oyiga qança daromad qilasiz va uning qançasi xarajatlarga ketadi?
– Bu yerda maoş soatbay hisoblangani uçun yillik daromad hisobida körsatiladi, çunki oylik miqdori har oy uçun har xil summada çiqadi. Umumiy amaliyot vraçining boşlanğiç yillik daromadi 57 ming funt sterlingdan boşlansa, bir neça yillik malakaga ega umumiy amaliyot şifokori yiliga 160 ming funt sterlinggaça olişi mumkin. Bu daromad albatta soliq va boşqa sotsial tölovlarni hisobga olmaganda.
Yevropa mamlakatlarida yaşaş arzon emas. Sodda qilib aytganda, har qadamingiz pul. Buyuk Britaniya ham yaşaş qimmat davlatlardan ekani heç kimga sir emas, şunga yaraşa kundalik yoki oylik xarajatlarimiz ham ança baland. Buning ustiga uç farzandimiz yaxşi öqib yetuk insonlar bölişlari uçun yaxşi boğçalarga, nufuzli maktablarga berganmiz. Bular uçun ança pul xarajat qilişga töğri keladi, lekin bolalarimiz kelajagi uçun bu zarurligini yaxşi tuşunamiz.
–Özbekistonga qaytişdan sizni nima tösib turibdi?
– Özga yurtda istiqomat qilib faoliyat yuritişdan asosiy maqsad – nafaqat yetuk şifokor bölib yetişiş va kelajagimizni ta’minlaş, balki özimizni individual inson sifatida kaşf qiliş edi. Özbekistonga har borganimizda yaqinlarimiz bilan qaytişimiz haqida köp maslahatlaşamiz, ammo har safar özimiz uçun ayrim savollarga töliq javob ola olmay yana xorijga qaytamiz.
Qaytişimiz uçun bizni bir öylantiradigan yana bir masala – farzandlarimizning kelajagi.
Ular bugun davlatning iqtidorli yoşlari uçun maxsus taşkil etilgan maktabda (Grammar school) öqişadi va kelajakda bizning izimizdan qadam qöyiş orzulari bor. Bizning orzumiz esa farzandlarimizni şu davlatning yetuk ta’lim maskanlarida öqişlari va yurtimizga qaytib xalqimiz va yaqinlarimizga oqilona xizmat qilişlarini körişdir.
Bu nafaqat bizning, balki ota-onalarimizning ham orzusidir. Şuning uçun ham ular ona tilimizni unutmasliklari, balki yanada mukammal örganişlari uçun qölimizdan kelgança harakat qildik va Allohga şukrlar bölsinki, bolalarimiz bugun nafaqat ingliz, nemis va fransuz, balki özbek tilida ham bemalol suhbatlaşa olişadi.
–Koronavirus şaroitida Buyuk Britaniya tibbiyoti qanday işlamoqda? Umuman, davlat bu sinovga tayyormidi? Siz özingiz bu kasallikka qarşi kuraşga jalb qilindingizmi?
– Afsuski Yevropa, şu jumladan Buyuk Britaniya ham koronavirusning öçoği bölib qolmoqda. Buning sabablari köp, dunyo yangiliklarida kundalik ravişda yoritilib borilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan, vafot etgan va iş jarayonida virus yuqtirib olib, vafot etgan tibbiyot xodimlarining sonini körsatişimga hojat yöq deb öylayman, çunki bu haqda ma’lumotlar internet sahifalarida köp.
Albatta, davlat uçun bu favqulodda hodisa bölib, tibbiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat ham bu sinovga umuman tayyor emas edi. Şuning uçun hukumat ança sarosimaga tuşib, çegaralarni keç yopgani hisobiga talafot ham katta böldi.
Tibbiyotning işlaş darajasiga keladigan bölsak, har bir etap hisoblab çiqilgan, kasallikning yengildan oğir darajasigaça bölgan muolaja protokol/körsatma ravişda körib çiqilib, tibbiyot xodimlariga tarqatilgan. Körsatmalarga bosqiçma-bosqiç qat’iyan amal qilinadi.
Afsuski, kasallik tarqalişining oldini oliş uçun favqulodda çoralar körilgan bölişiga qaramay, yangi kasallanganlar soni hamon kamayganiça yöq. Britaniya tibbiyoti evidence-based (isbotlarga tayangan) amaliyotga qat’iy amal qiladi va virusni bartaraf qiliş uçun yangi davo usullari tajribalar asosida körib çiqilmoqda. Oksford universiteti işlab çiqqan vaksina amaliyotda tatbiq etilganiga bir oydan oşdi, aniq natijalar olti oy davomida e’lon qilinişi aytib ötilgan.
Men COVID-19 bölimida işlamayman, lekin turmuş örtoğim virus bilan kasallangan bemorlar bilan bevosita yuzma-yuz aloqada böladi.
–Bu davlatdagi faoliyatingizga doir va Özbekiston uçun noodatiy bölgan biror qiziq voqeani sözlab bersangiz.
– Iş faoliyatimni endi boşlagan paytlarimda Britaniyada bemor va şifokor örtasidagi munosobat meni doimo ajablantirar edi. Bu yerda nafaqat şifokorlar, balki boşqa tibbiyot xodimlari (hamşira, fizioterapevt, psixologlar)ga nisbatan ham hurmat va e’tibor juda yuqori. Öz navbatida, tibbiyot xodimlarining ham bemorlarga nisbatan izzati ham qoyil qolarli darajada.
Bemorlar bilan suhbatda asosan ularning xohişi ahamiyatga olinadi, «bugungi qabuldan asosiy maqsadingiz nima va siz uçun qanday yordam berişimni öylab kördingizmi?» degan savol birinçi söraladigan savollardan bölib, bemorlar özlarini qiynayotgan masalada oçiq-oydin gapirişlari uçun imkoniyat yaratiladi.
Yakunlovçi savolimiz albatta: «Bugungi maslahatlar va davo rejamiz siz uçun tuşunarlimi? Yana qanday savollaringiz bor?», jumlasidan iborat bölib, bu bemorda şifokor xizmatidan qoniqişni rağbatlantiradi.
Köp surunkali kasalliklar bemorlarga nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan xam salbiy ta’sir körsatgani bois, depressiya alomatlariga oid savol beriş va unga qarşi kuraşiş uçun tavsiyalar beriş suhbat davomidagi vazifalarimizdan hisoblanadi.
Bemorlar öz holatini va davo rejasini tuşunib, şifokor bilan oçik bahs yuritişlari doimo rağbatlantiriladi. Bu albatta ikkala taraf uçun ham foydali bölib, kasallikni nafaqat bartaraf qiliş, balki ikki taraflama munosobatning ijobiy yakunlanişiga sabab böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi