Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jord Floydning o‘limidan so‘ng Minneapolis politsiyasi tarqatib yuboriladigan bo‘ldi
Afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng AQShning Minneapolis shahrida mahalliy politsiya bo‘linmasi tarqatib yuboriladi. Bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida shahar kengashi raisi Liza Bender ma'lum qildi.
"Minneapolisda jamoat xavfsizligining yangi modelini tashkil etmoqchimiz", - dedi u.
Benderning qo‘shimcha qilishicha, shahar ko‘chalaridagi namoyishlar va shahar kengashiga bo‘layotgan murojaatlarga qaraganda, Minneapolis aholisi o‘zini xavfsizlikda deb his qilmayapti.
Afroamerikalik Jorj Floyd 25 may kuni politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida vafot etdi. Uning o‘limida ayblanayotgan politsiyachi Derek Shovin Floydni qo‘lga olish vaqtida uning bo‘ynini tizzasi bilan deyarli 9 daqiqa bosib turgan. Shundan keyin Floyd hushini yo‘qotib, keyinroq jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Jorj Floydning o‘limidan so‘ng AQShda politsiya zo‘ravonligi va irqchilikka qarshi namoyishlar boshlandi. Qator shaharlarda namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi va 40dan ortiq shaharda komendantlik soati joriy etildi.
Derek Shovin 8 iyun kuni sud oldida javob berishni boshlaydi.
Sobiq politsiyachi ikkinchi darajali qotillikni sodir etishda ayblanmoqda. Bu dastlab inson hayotiga befarqlik bilan jismoniy ziyon yetkazish istagi bo‘lgan qasddan sodir etilgan qotillik hisoblanadi.
Floydni qo‘lga olish vaqtida ishtirok etgan yana 3 politsiyachi – Tomas Leyn, Jyey Aleksandr Kueng va To Tao qotillikka sheriklik qilishda ayblanmoqda. Ulardan har biriga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Ular 29 iyunda sud oldida javob bera boshlaydilar.
Mavzuga oid
10:14 / 29.01.2026
Minneapolisdagi hodisa: ikki ofitser xizmatdan vaqtincha chetlatildi
11:24 / 27.01.2026
Tramp va demokratlar to‘qnashuvi: ICE masalasi budjet inqiroziga aylanmoqda
13:52 / 26.01.2026
To‘pponcha yoki telefon? Minneapolisdagi qotillik tafsilotlari
17:09 / 25.01.2026