«2020 yil 7 iyun soat 23:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4331 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 7 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toşkent şahri hamda 8 nafari Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yana 2 nafari Toşkent viloyatida xorijdan çegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina havdovçilarida aniqlandi», deyiladi xabarda.
Bugun jami 237ta yangi zararlaniş holati qayd etildi va bu kunlik ösiş böyiça rekord körsatkiçdir. Şu vaqtgaça kunlik eng yuqori körsatkiç 14 aprel kuni qayd etilgan – öşanda 167 kişida kasallik aniqlangandi.Sönggi marta 26 may kuni kunlik kasallaniş holatlari soni 100tadan oşgandi – 101 holat.
Bugun karantin markazida – 20, Toşkent şahrida – 195, Toşkent viloyatida – 10, Xorazm viloyatida – 8, Sirdaryo viloyatida – 4 kişida virus çiqqan.

Şuningdek, 86 nafar bemor soğayib, şu vaqtgaça tuzalganlar soni 3354 nafarga yetdi.
Şifoxonalarda 960 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.
- Şu kungaça jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bölib, ularning 396 349 nafari karantindan çiqarilgan.
- Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.

















