Bir-ikki kişining xatti-harakati butun tizim çiriganini anglatmaydi
AQŞ adliya vaziri Uilyam Barr politsiya zöravonligi, mamlakat böylab davom etayotgan noroziliklar va afroamerikalik Jorj Floydning ölimi haqida SBS telekanaliga bayonot berdi.
U qora tanli amerikaliklarning tarixi haqida gap ketganda nima uçun politsiyaga işonmasligiga izoh berdi.
«Ötmişdagi köplab muassasalarimiz aşaddiy irqçi edi. Ötgan asrning 60-yillaridan beri tengsizlik böyiça ma'lum bir islohotlar amalga oşirildi va bu borada oldinga siljiş böldi. AQŞda irqçilik bor, ammo men huquqni muhofaza qiliş tizimida u mavjud, deb öylamayman. Töğri, avvallari Amerika armiyasida irqçilik kuzatilardi, biroq hozir teng imkoniyatlar yaratilgan. Politsiya bölinmalarida ham ayni paytda mazkur jarayon davom etyapti. Uşbu sohadagi xodimlarning juda köpçiligi yaxşi insonlar. Ammo öz kasbiga noloyiqlar ham topiladi. Bir-ikki kişining xatti-harakati esa butun tizimning çiriganini anglatmaydi», dedi u.
Minneapolis politsiya bölimi yopiladi
AQŞ ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, Minneapolis şahar kengaşi politsiya zöravonligiga qarşi davom etayotgan norozilik namoyişlariga javoban şahar politsiya bölimi yopilişini ma'lum qildi.
«Şahrimiz Minneapolis politsiya boşqarmasi bilan zaharli munosabatlarini tugatişni rejalaştirmoqda. Jamoat xavfsizligini ta'minlaş uçun esa yangi tizim işlab çiqiladi», dedi Minneapolis şahar kengaşi prezidenti Liza Bender.
Minneapolis meri Jyeykob Frey esa politsiya bölimining tugatilişini yoqlamayapti, u buning örniga islohotlar ötkazilişi kerak, degan taklifni ilgari surgan. Ammo Jyeykob Frey şahar kengaşidagi köpçilikning qaroriga veto qöyiş huquqiga ega emas.
Köplab şaharlarda komendantlik soati bekor qilindi
Norozilik namoyişlari tinç şaklda öta boşlagaç, Nyu-York, Çikago va Filadelfiyada joriy etilgan komendantlik soatlari bekor qilindi.
Nyu-Yorkning turli qismlarida bölib ötgan noroziliklarda bir guruh namoyişçilar «Ovoz bering va Trampdan qutuling» şiori bilan Trump Tower oldida töplanişdi.


















