8 iyun kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining navbatdan taşqari beşinçi sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Özbekiston Respublikasi Boş prokurori, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi va uning örinbosarlari, şuningdek, vazirliklarning, idora va korxonalarning, huquqni muhofaza qiliş organlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.

«Farhod Embergenoviç Allambergenov Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlansin», deyiladi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qarorida.

Farhod Allambergenov 2017 yil avgustidan buyon Taxiatoş tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

U yangi lavozimda 2018 yil noyabridan buyon Qoraqalpoğiston prokurori bölgan Xidir Karimov örnini egalladi. U qaysi lavozimga ötkazilgani ma'lum qilinmagan.