“Burundi hukumati mamlakat prezidenti Per Nkurunziza 8 iyunda Karuzi provinsiyasidagi şifoxonada yurak xurujidan kutilmaganda vafot etganini çuqur afsus bilan ma'lum qiladi”, deyilgan hukumat xabarida.
Burundida 20 may kuni prezident saylovlari bölib ötgandi. Nkurunziza unga yana 7 yillik 2 muddatga saylanişga ruxsat beruvçi yangi konstitutsiya ratifikatsiyasiga qaramay, saylovlarda iştirok etişdan voz keçgan.
Nkurunziza mamlakatni 2005 yildan beri boşqarib kelgan.
Bungaça mamlakatda prezident vakolatlari muddati 5 yilni taşkil qilgan va prezident 3 ta muddatga saylana olgan. Agar Nkurunziza saylovlarda iştirok etişga rozi bölganda, prezident lavozimida 2034 yilgaça qolişi mumkin edi.
2020 yildagi saylovlarda Burundining hukmron partiyasi nomzodi general Evarist Ndayişimiye ğalaba qozongan.













