Qonunçilik palatasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasi körib çiqilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Yuksaliş» Umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov loyihada taklif etilayotgan bir qator muhim özgarişlarni keltirib ötdi.
Qayd etilişiça, xorijda iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça körsatilgan xizmatlar uçun tölovlarni çet ellik iş beruvçi hisobidan amalga oşiriş mexanizmi joriy etiladi.
Xorijda iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça xizmatlar körsatiş uçun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamğarmaga zaxira qilib qöyiladigan mablağlarni milliy valutada bazaviy hisoblaş miqdori 8 500 baravari (taxm. 185 ming AQŞ dollari) miqdorida etib belgilanmoqda (hozirda uşbu miqdor 50 ming AQŞ dollarini taşkil etadi).
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan işga joylaştiriş sohasida axborot va maslahat xizmatlari körsatilgan taqdirda, bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan oşmagan miqdorda haq olinadi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnomalari Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining labor migration dasturiy majmuasida real vaqt rejimida röyxatdan ötkaziş tartibi joriy etiladi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijda iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça xizmatlar körsatişdan oldin ularga körsatiladigan xizmatlar uçun tölovlar undirilmasligi belgilanmoqda.

















