Prezidentning 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22ta oliy ta'lim muassasasida maxsus sirtqi bölimlar taşkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765ta etib belgilandi.

«Huquqiy axborot» kanali xabariga köra, ularning 11 750tasi tölov-kontrakt, 15tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

Xususan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida körsatilgan kvota böyiça maxsus sirtqi bölimlarga talabalar qabul qilinadi:

• Toşkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;
• Toşkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toşkent şahar — 810, Termiz filiali — 310);
• Andijon davlat universiteti — 750;
• Buxoro davlat universiteti — 720;
• Guliston davlat universiteti — 600;
• Qarşi davlat universiteti — 690;
• Namangan davlat universiteti — 750;
• Samarqand davlat universiteti — 750;
• Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz şahar — 660, Denov filiali — 300);
• Farğona davlat universiteti — 690;
• Urganç davlat universiteti — 690;
• Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;
• Nukus davlat pedagogika instituti — 750;
• Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;
• Qöqon davlat pedagogika instituti — 750;
• Çirçiq davlat pedagogika instituti — 690;
• Toşkent davlat agrar universiteti — 25;
• Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti — 50;
• Toşkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15tasi davlat granti asosida);
• Toşkent temir yöl muhandislari instituti — 90;
• Navoiy davlat konçilik instituti — 90;
• Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.

Eslatib ötamiz, avvalroq kimlar test imtihonlaridan ozod etilişi haqida