Bloomberg axborot agentligining xabar berişiça, bu haqda kompaniya rahbari Tszen Yuytsyun ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, zamonaviy akkumulyatorlar 150 ming milga çidamli hisoblanadi va ularning işlaş muddati 8 yilni taşkil qiladi. 

Batareyalar işlaş muddatining oşişi elektromobillar bozori uçun muhim qadam hisoblanadi, çunki akkumulyatorni ikkinçi maşinada qayta qöllaş mumkin böladi. Uşbu jihat elektromobilga egalik qiliş xarajatlarini kamaytiradi, bu esa koronavirus va neft narxi arzonlaşişi sababli tuşib ketgan savdoni tiklaşga harakat qilayotgan avtomobillar tarmoğiga ijobiy ta'sir körsatadi.

Kompaniya rahbarining ta'kidlaşiça, elektromobillarga talab 2021 yil boşida oşadi. 

CATL fevralda Tesla kompaniyasiga akkumulyatorlar yetkazib beriş böyiça 2 yillik şartnoma tuzgan. Bungaça Ilon Mask kompaniyasi asosan Yaponiyaning Panasonic va Janubiy Koreyaning LG kompaniyalari bilan işlagan.