2020 yilning 07 iyun kuni soat 14:00da Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi fuqaro H.P. jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, S.R.ning yaşaş uyi oldida heç bir sababsiz «nega menga bunday qaraysan» deb oldiga borib, haqorat qilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u özining bezorilik harakatlarini davom ettirib, yonida bölgan «Makarov» körinişidagi «MR-654K Sal.4,5 mm» gaz töpponçasi qöllaş bilan qörqitib, qurol sifatida foydalanib, S.R.ga qarata bir neça marotaba öq uzib, uni öng quloq sohasiga tan jarohati yetkazib, töpponçaning qöndoq qismi bilan esa S.R.ning boş sohasiga bir neça marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan H.P.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida H.P., gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

















