Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda pnevmatik miltiq bilan qiz bolani jarohatlagan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 6 iyun kuni soat 21:00da 31 yoshli S.K. tanishlari bilan Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Yangiobod qishlog‘ida joylashgan tanishi M.J.ga qarashli baliq yetishtiriladigan ko‘lga borgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda M.J.ga tegishli Gamo rusumli pnevmatik miltiqdan ko‘ldagi o‘rdaklarni ovlash maqsadida o‘q uzib turgan vaqtida, boshqa tanishi B.Sh. bilan birga ikki nafar qiz kelib, dala shiyponi oldiga mashinadan tushganligini ko‘rgan.

Shundan so‘ng, S.K. taxminan 50 metr uzoqlikda, unga oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro 18 yoshli S.Ch.ni pnevmatik miltiqning optik moslamasi yordamida kuzatmoqchi bo‘lib, hech bir sababsiz, bezorilik oqibatida pnevmatik miltiqni S.Ch. tomonga qaratib, uni kuzatayotgan vaqtida tepkini bosib yuborishi natijasida pnevmatik miltiqning qo‘rg‘oshinli o‘qi S.Ch.ning o‘ng yelkasiga borib tekkan.
Natijada, S.Ch. og‘ir tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa joyidan Gamo rusumli pnevmatik miltiq va uning 2 dona qo‘rg‘oshinli o‘qlari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026