Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Suma Çakrabarti bilan videoaloqa orqali muzokara ötkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şavkat Mirziyoyev suhbat avvalida Özbekiston va YeTTB munosabatlarida keyingi yillarda katta ösişga erişilgani va özaro samarali hamkorlik qilinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Davlat rahbari hamkorlikning amaliy natijalari haqida söz yuritar ekan, özaro işonçni mustahkamlaş va samarali hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan katta hissasi va bu borasidagi faol sa'y-harakatlari uçun Suma Çakrabartiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

«Yetakçi xalqaro moliyaviy institut rahbari bunday şakldagi uçraşuvning taşkil etilgani uçun çuqur minnatdorlik bildirib, bank Özbekistonda amalga oşirilayotgan yangi islohotlar yölini va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy siyosatni har tomonlama, şu jumladan, loyihalar portfeli va moliyaviy-texnik kömak hajmini kengaytiriş orqali qöllab-quvvatlaşda qat'iy ekanini ta'kidladi.

Suma Çakrabarti Sirdaryo viloyatidagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş va mamlakatimizda pandemiya keng yoyilişining oldini oliş böyiça körilgan kompleks çora-tadbirlarni yuksak baholadi.

Videomuloqot çoğida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş masalalari batafsil körib çiqildi. YeTTBning davlat korxonalarini transformatsiya qiliş va banklarni xususiylaştirişdagi iştirokiga, energetika va neft-gaz tarmoqlarini isloh qiliş, ajratilgan kreditlarni samarali özlaştiriş, biznesni, şu jumladan töqimaçilik tarmoğidagi loyihalarni moliyalaştirişni kengaytirişga alohida e'tibor qaratildi.

Faol muloqot va almaşinuvlarni davom ettirişga, jumladan, Toşkent şahrida bölajak Xorijiy investorlar kengaşining uçraşuvi va 2023 yilda Samarqand şahrida YeTTB Boşqaruvçilar kengaşi majlisini ötkazişga birgalikda tayyorgarlik köriş borasida kelişib olindi», – deyiladi press-relizda.

Ma'lumot uçun, hozirda Özbekiston va YeTTBning hamkorlikdagi loyihalari portfeli qariyb 1,2 milliard dollarni taşkil etib, köplab yönalişlarni qamrab olgan.